Metodologiya Tadqiqot davomida tahlil metodidan foydalandik. Bundan kuzlangan maqsad Angren EIZ ni 2010-2020 yilgacha bo’lgan panel ma’lumotlaridan kuzatkan xolda natijalarni tahlil qildik.
Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil metodidan foydalandik bundan ko’zlangan maqsad Angren Eiz ni 2010-2020 yillardagi ko’rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilib rasmiy ma’lumotlarga ega bo’ldik
Tadqiqod davomida umumlashtirish metodidan foydalandik. Bundan ko’zlangan maqsad,Angren EIZ ni 2010-2020dagi barcha soxa va tarmog’laridagi ko’rsatkich va natichalarini umumlashtirdik .
Tahlil va natijalar Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida oʻrni bor. Angren erkin iqtisodiy zonasini tahlil qilib chiqadigan bo’lsak, Angren EIZ tashkil etilganidan buyon umumiy qiymati 285 mln. AQSH dollariga teng 15 ta loyiha amalga oshirildi va qariyb 840 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
EIZ mahsulotlar eksport xajmi ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, Angren erkin iqtisodiy zonasida mahsulotlar eksport hajmi yillar sayin ko‘payish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2013 yilda 0,17 mln. AQSH doll.ni, 2014 yilda 0,98 mln.AQSH doll.ni, 2015 yilda 6,9 mln. AQSH doll.ni, 2016 yilda 13,0 mln. AQSH doll.ni, 2017 yilda 16,2 mln. AQSH doll.ni, 2018 yilda 17,9 mln. AQSH doll.ni, 2019 yilda 23,1 mln. AQSH doll.ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2013 yilga nisbatan 24,53 mln. AQSH doll.ga ko‘paygan va 24,7 mln. AQSH doll.ni tashkil qilgan.
1-rasm:Angren EIZ mahsulotlar eksport hajmi (mln. AQSH dollari) 2010-2019 yillarda umumiy qiymati 1141,1 million dollarlik jami 241 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi doirasida 19672 ming ish o‘rni yaratildi. Eng ko‘p loyihalar 2018 yilda amalga oshirildi, ya’ni 392,3 mln. AQSH dollariga teng 83 loyiha va 2019 yilda 491,8 mln. AQSH dollariga teng 99 loyiha, 2011 yilda eng kichik loyiha, ya’ni 17,8 mln. AQSH dollariga teng 2 loyiha (2-rasm).
Bunday holatning asosiy sababi iqtisodiyotdagi og‘ir vaziyat, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari mamlakatlaridagi inqirozdan keyingi davr, jahon va mintaqaviy investitsiya kapitali bozoridagi raqobatning keskin kuchayishi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 2017 yilgacha tizimli muammolari, kapital egalarining investitsiya faolligi sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. Biroq, 2017 yildan boshlab valyuta kursini unifikatsiyalash, ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyani amalga oshirish, investitsiya resurslari bazasini kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va chet el investitsiyalarini, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar o‘sish va investitsiya faoliyatining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.