Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə36/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

- ru -rü; -ra, -rä qaysi kelishik qoʻshimchasi?

  1. joʻnalish kelishigi S) oʻrin-payt kelishigi

  2. tushum kelishigi D) vosita kelishigi



  1. Vosita kelishigi qoʻshimchasi qatnashgan soʻzlarni toping?


  1. ärin, yolïn S) körün, örtön

  2. sabïmïn, aqïn D) bilin, tapïn



ADABIYOTLAR



1982.


  1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи,




  1. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.

  1. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.

  1. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.

  2. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.

  3. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. –Т.: ФАН, 1965.



    1. § SIFAT, SON VA OLMOSH SOʻZ TURKUMLARI




Asosiy tushunchalar: belgi, darajalanish, morfologik usul, sifat yasalishi, miqdor, sanoq son, dona son, tartib son, tub son, hisob so‘zlari,kishilik olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, o‘zlik olmoshi, so‘roq olmoshi, belgilash-jamlash olmoshi, gumon olmoshi.
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan. Mutaxassislarning fikricha, sifat dastavval mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, keyinroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va rivojlangan. E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanishi ancha ilgarigi davrlarda boshlangan. V – VIII asrlarga kelib, bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil shakllar hisobiga yuz bergan. Ushbu leksemalarning ba'zilari qadimdayoq kammahsul bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z sermahsulligini hozirgi kungacha saqlab qolgan va hatto kengaytirgan. Muayyan shakllar ot va sifat uchun mushtarak hisoblangan, yana boshqa birlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lib, keyingi davrlarda taraqqiy etmagan19.
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo‘lib, bu jarayon davom etmoqda. Bundan hamma sifat otdan ajralib chiqqan, degan fikrga kelmaslik kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida shakllanganidan so‘ng bu turkum tarkibida yangidan qo‘shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so‘zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning etimologiyasi hozircha aniqlangan emas.
Sifatlar narsa-pretmetning belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan anglatadi, belgilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Qadimgi turkiy tilda sifatlar ma’nosi va tuzilishiga ko‘ra asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin