Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə65/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

To‘ldiruvchi. Qadimgi turkiy tilda to‘ldiruvchilar, hozirgidek, vositasiz yoki vositali bo‘lib, ot, olmosh yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalangan. Bu davrdagi to‘ldiruvchiga xos xarakterli xususiyat quyidagilardir: vositali to‘ldiruvchi ko‘makchilar, kelishiklar bilan keladi: Toquz oğuz bodun üzä qağan olurtï - toʻqqiz oʻgʻuz ustidan xoqon boʻldi . …uduğuzum, qazğantuqum üčün el yämä el boltï - xushyorligim, zafar qozonganim uchun el ham el boʻldi; Qağanqa qïrqïz bodunï ičikdi – xoqonga qirgʻiz xalqi taslim boʻldi, Urï oğlïn qul boltï, silig qïz oğlïn küŋ boltï yosh oʻgʻli bilan qul boʻldi, goʻzal qizi bilan choʻri boʻldi (To‘n).
Qadimgi turkiy tilda vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi affikslari orqali berilgan: Ol sabïğ ešidip… - ul soʻzni eshitib; Türk bodun qanïn bulmayin tabğačda adrïldï – turk xalqi xonini topolmay tabgʻachdan ayrildi (To‘n). Bu davrda vositasiz to‘ldiruvchi koʻp hollarda belgisiz qo‘llangan: Öd täŋri yasar – dunyoni tangri yaratadi (KT), Qïzïl qanïm tökti, qara terim yügürti – qizil qonimni toʻkdi, qora terimni oqizdi (To‘n).
Aniqlovchi bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirib,
matnda ot yoki otlashgan soʻzga bogʻlanadi. Aniqlovchining uch turi mavjud: sifatlovchi, qaratqich, izohlovchi. Qadimgi turkiy tilda sifatlovchi aniqlovchilar hozirgidek ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bilan ifodalanadi: Qaltï temir qazğuquğ yergä toqïsar - agar temir qoziqnï yerga ursa (TT); Silig qïz - chiroyli qiz (KT), Yäti yigirmi erin – oʻn etti bahodir bilan (KT); Bu yolun yorïsar, yaramačï, tedim bu yol bilan yursa, yaramaydi, dedim (To‘n); …barmïš bodun – ketib qolgan xalq (KT).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin