Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə27/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Harbiy terminlar VI-X asrlardagi urug‘ va qabilalarning turmushi, siyosiy- harbiy ahvolini ma’lum darajada aks ettiradi: Harbiy xizmatga aloqador shaxslar, qo‘shinning sostavini ifodalovchi terminlar: sü “qo‘shin”, atlï “suvoriy, otliq”; yärči “qo‘shinga yo‘l ko‘rsatib boruvchi”, yäzäk “soqchi”, yaraq//yarïq “sovut”, täblig hiylakor” (KT), süŋüg “nayza” (To‘n).
Inson tana a’zolari nomlari: adaq “oyoq” (TT), aya “kaft” (Oltun yorugʻ),
yüräk “yurak” (E), boyun “boʻyin”, köz “koʻz”, baš “bosh” (Oltun yorugʻ) va h.k.
Shaxs tushunchasini ifodalovchi so‘zlar: “o‘rtoq” (E), yağï “dushman” (Toʻn).
Inson qo‘li bilan yaratilgan narsa-predmetlarni anglatuvchi leksik birliklar: boqağu “kishan” (TT), ew “uy” (TT), ton “kiyim” (KT), közŋü “oyna” (Oltun yorugʻ).
Mavhum tushunchalarni bildiruvchi leksemalar: ög “aql” (TT), al ”hiyla” (TT), idi “ega, sohib” (KT), bulun “tutqun, asir” (Mon), yazuq “gunoh” (TT).
Xalqning ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan aloqador tushunchalarni anglatuvchi leksemalar: beg “bek, hukmdor” (E), küŋ “joriya” (KT), tamğa “muhr” (TT), qan “xon” (Toʻn).
Savdo va pul munosabatlarini ifodalovchi so‘zlar: arqïš “karvon; chopar” (TT), baqïr “mis tanga” (E), asïğ “foyda” (TT), satïğčï “sotuvchi” (Oltun yorugʻ), kümüš “kumush tanga” (BX).
Harakat va faoliyatning xususiyati bilan bog‘liq so‘zlar: ay- “aytmoq” (Toʻn), anut- “tayyorlamoq” (Oltun yorugʻ), ağ- “oshmoq, chiqmoq” (BX), ïd- “jo‘natmoq” (BX), udï- “uxlamoq” (Toʻn), yan- “qaytmoq” (Toʻn).
Sinonimlar. V-X asrlarda yaratilgan yozma obidalarda sinonimlar uyasi aks etgan. Bu hodisa qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining rang-barang bo‘lganligidan dalolat beradi. Sinonimlar turli stilistik maqsadlarda qo‘llanganligi bilan xarakterlanadi: ana (Oltun yorugʻ) – ög “ona” (E), äl bodun “xalq” (Toʻn), yoğan
qalïn “katta, yogʻon” (Toʻn), kiši är odam, kishi” (KT), uzun tonluğ tiši (TT)
tiši kiši-iši-išilär ayol” (Oltun yarugʻ).
Omonimlar. Omonimlar har xil stilistik maqsadlarda hozirgi turkiy tillarda qanday ishlatilayotgan bo‘lsa, yozma obidalarda ham xuddi shunday qoʻllanilgan. Biroq omonimlarning yozma obidalar tilida ishlatilishi hozirgiga nisbatan ancha chegaralangan. Bu bilan bunday omonimlar keyingi davr til hodisasi ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Hozirgi turkiy tillar lug‘at boyligida mavjud omonimlar qadimda ham aks etgan, lekin yozma obidalar tilida chegaralangan holda ishlatilgan: balïq I “baliq”, balïq II “shahar”; bar I “bor, mavjud”, bar- I “bormoq” (KT), adïn I “boshqa” (TT), adïn- I “oʻzgartirmoq, toʻgʻirlamoq” (Mon), ağïr I “ogʻir” (Oltun yorugʻ), ağïr II “hurmatli, qadrli” (TT), ay I “oy” (BX), ay II “oy, vaqt” (Toʻn), ar- I “bo‘lmoq” (Mon), ar- II “aldamoq” (KT). Demak, qadimgi turkiy tilda omonimlarning ishlatilishi o‘sha til leksik qatlamining rang-barangligidan dalolat beradi.
Antonimlar. Sinonim va omonimlar bilan bir qatorda antonimlar ham keng qo‘llangan. Lingvistik adabiyotlarda o‘zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari antonim deb qaraladi. Ammo qo‘llanma va lug‘atlarda antonimlarni antonimik uyadan tarkib topgan juft suzlar bilan aralashtirib yuborish holatlari ham ko‘rinadi. Masalan: kun-tun, katta-kichik, baland-past, yaxshi-yomon kabi so‘zlarni antonimlar deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmasa kerak. Chunki bu kabi so‘zlarning komponentlaridagi so‘zlar shu o‘rinda o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, ikkalasi birlikda butunlay yangi ma’no ifodalaydi. Antonimlar esa matnda o‘z mustaqil ma’nosini saqlagan bo‘lishi shart.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi antonimlar qoʻllangan: yoğan - yinčkä (To‘n), ïraq (TT) - yaǧuq (KT), az (KT) - üküš (BX), čïğay bay (KT); üzä (BX) - asra (KT), semiz – turuq (Toʻn).


  1. Yüklə 3,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin