Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə70/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Rossiya

-0,8

-40

Xitoy

-2,4

-17

Hindiston

-0,6

-23

Buyuk
Britaniya

0,6

8

SHarqiy Yevropa mamlakatlari

-2,8

-64

«Bu inqiroz Amerika Qo‘shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, yani to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalarindek slarivaaksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy usish suratlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liqishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi».
SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ipoteka inqirozi-aysbergning faqatgina tepa qismi, xolos. Muammolarning asosiy manbai bo‘lib ipoteka obligatsiyalarin ichiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik moliya institutlari faoliyati hisoblanadi. Bank sektorini inqiroz qamrab oldi; kompaniyalar tomonidan ko‘rilgan zararlar to‘g‘risidagi malumotlarning tarqalishi butun dunyo fond bozorlarida muvozanatsizliklarning yuzaga kelishiga olib keldi. Dunyoning fond bozorlaridagi aksiyalar kursining keskin pasayishi kompaniyalarning past rentabelligi va etakchi banklarning katta zararlari to‘g‘risidagi malumotlarning tarqalishi oqibatida yuzaga keldi. Aksiyalar narxlari keskin tushib ketdi, bozorda zararlari yoki daromadliligi to‘g‘risida malumot umuman bo‘lmagan ayrim kompaniyalarning ham qimmatbaxo qog‘ozlari narxlari pasayib ketdi. Fond bozorlari muvozanatsizlik chizig‘iga tushib qolishdi va bu holat tovar bozorlariga o‘z tasirini ko‘rsatdi. 2008 yilda jahon moliya tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qo‘shimcha omillardan biri - bu inflyasiyaning kuchayishi, xususan, oziqg‘ovqat va yoqilg‘iga narxlarning o‘sib ketishi hisoblanadi. Sodir bo‘lgan xalqaro inflyasiyaning o‘zigi xos xususiyati shundan iboratki, u global tarzda ro‘y berdi. Bu inflyasiya dunyoning barcha mamlakatlariga turli darajada ta’sir ko‘rsatib, barcha pul birliklarining xarid qobiliyatini pasaytirib yubordi.
Inflyasiyaning yuzaga kelishiga sabab global xo‘jalikda tovar va pul massasining balansi buzilish hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida pul massasasi oshib ketdi, sanoat mahsulotlarning hajmi esa deyarli o‘zgarmay qoldi. Bunda inqirozning ilk bosqichlaridanoq tovarlarning narxlari tushib ketdi. Natijada ishchilarning ish haqlari hajmining pasayib ketishi kuzatilib, ularning xarid qobiliyati qisqarib bordi. Iste’mol hajmi asta-sekin tushib, talab esa faqat birlamchi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan edi. Inflyasiya bilan bog‘liq bo‘lgan umumjahon muammosini hal qilishga mamlakatlarning kelishilmagan holda olib borgan siyosati to‘sqinlik qildi. Milliy rivojlanishni ta’minlash maqsadida pul-kredit siyosatini yumshatishga harakat qilayotgan hukumatlar, o‘z navbatida,inflyasiyani kuchaytirishga zamin yaratib berishdi va natijada bu dunyo iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy faollik muhitining yomonlashishiga sabab bo‘ldi.resurlar kiritildi.
SHu urinda aytish lozimki, inqirozning yuzaga kelish sabablarini oldindan ko‘ra bilish yoki uning yuzaga kelish ehtimolini prognozlash imkoniyati bo‘lgani bilan, aynan qachon yuzaga kelishi va miqyosi qanday bo‘lishini oldindan aytib bo‘dmaydi.
Bugungi kundagi inqiroz, birinchi navbatda, bank va kredit sohasiga, keyin esa korxonalarga ta’sir ko‘rsatadi hamda, asosan, kreditlash tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun bugungi kunda moliya bozorlarini, jahon iqtisodiyotida ro‘y beradigan munosabatlarni nazorat qilishda hukumatlar asosiy rolni o‘ynashni kerakligi moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda hukumat bosh islohotchi sifatida ishtirok etishi lozimligi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin