IS
Y* Y
Bu yerda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko’rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining o’sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig’ini o’ngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig’ini o’ngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko’rib chiqish imkoniyatini beradi
Agar modelda muvozanati LM egri chizig’ining gorizontal (keyns) kesmasida yuzaga kelsa pul massasining ko’paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va bandlilikning o’sishiga olib kelmaydi. Bunda pul taklifining o’sishi tovarlar bozoriga ta’sir ko’rsata olmaydi, chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat likvidlilik tuzog’i nomini olgan.
Agar IS egri chizig’i vertikal ko’rinishda bo’lsa, ya’ni investitsiyalarga talab foiz stafkasi o’zgarishiga ta’sirchan (elastik) bo’lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o’z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig’i vertikal bo’lganda LM egri chizig’ining siljishlari real daromad miqdorini o’gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, fiskal siyosat esa samarali bo’ladi.
O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar 1. Bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurati nima sabab bo'ldi?
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish subyektlari, ob'ektlari va maqsadlari qanday?
3. Ma'muriy tartibga solish usullari iqtisodiy usullardan nimasi bilan farq qiladi?
4. Dasturlash va davlatni rejalashtirish o'rtasidagi farq nimada? Iqtisodiy dasturlarning turlarini ayting.
5. Maqsadli dasturlar nima?
6. Ijtimoiy siyosat nima?
7. "Tiriklik maoshi" tushunchasining tushunchadan farqi nimada?
"Ratsional iste'mol darajasi"?
8. "Qashshoqlik" nima? Qashshoqlikning asosiy shakllari qanday?
9. "Inson taraqqiyoti indeksi" ni qanday tushunasiz?
10. Nominal va real daromad nima?
11. "Lorents egri chizig'i" nimani ko'rsatadi?