Asosiy adabiyot: 1.Abdurasulova K,.R. Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muxarrir: yu.f.d.,prof. M.X,-Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 228-246 b.
9- Mavzu. Korrupsiya jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish. Reja 1. Korrupsiya jinoyatchiligi tushunchasi, uning turlari, shakllari, holati va tuzilishi.
2. Korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi.
3. Korrupsiya jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari.
4.Korrupsiya jinoyatchiligining oldini olish choralari va sub’ektlari.
1. Korrupsiya jinoyatchiligi tushunchasi, uning turlari, shakllari, holati va tuzilishi.
Respublikamizda bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korrupsiya jinoyatchiligi sonining oshib borayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yo’lida jiddiy g’ov bo’lmoqda. Ayniqsa tadbirkorlik sohasidagi korrupsiya jinoyatchiligining ulushi oshib borayotganligi salbiy hodisadir. Korrupsiya jinoyatchiligi deganda korrupsiya xususiyatiga yega bo’lgan jinoyatlarning majmui tushuniladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining sotib olinishi va shu asosda ularning o’z shaxsiy yoki jinoiy guruh, uyushgan gurux manfaatlarini ko’zlab rasmiy xizmat vakolatlaridan hamda ular bilan bog’liq obro’si va imkoniyatlaridan foydalanishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy hodisadir.
S.Rouz-Akkerman taьkidlaganidek, “korrupsiya davlat boshqaruvining ayrim jihatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi belgisidir”83.
Korrupsiyaning siyosiy jihatdan xavfliligi quyidagilarda ifodalanadi:
-qabul qilingan qonun va boshqa normativ aktlarning korrupsiyalashgan davlat apparati va uning tarkibiy qismlari tomonidan yo’qotilishida;
-fuqarolarning to’beligi qonunlar bilan emas, balki korrupsiyalashgan davlat xizmatchilarining zulmidan kelib chiqadi;
-ijtimoiy ongi korrupsiya singari siyosiy rejimning salbiy usulini chuqur singdirish va h.k.
BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 17 dekabrdagi 34/169 son Rezolyusiyasi bilan qabul qilingan mansabdor shaxsning huquqiy tartibotni saqlash sohasidagi xulq-atvor kodeksining 7-moddasida bayon etilgan talablarning mazmuniga ko’ra, “korrupsiya” yoki mansab vakolatlarini g’arazgo’ylik manfaatlarida suiste’mol qilish jamiyatda beg’araz xizmat qilish prinsipini buzishga yo’naltirilgan harakatlardir.
Korrupsiya mexanizmi – bu:
-ikki tomonlama tuzilgan bitim bo’lib, unda mansabdor shaxs yoki davlat xizmatidagi boshqa shaxsning mansabi, obro’si va ular bilan bog’liq imkoniyatlariga asoslanib, o’z xizmat vakolatlari yoki xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga, guruhlar (shu jumladan jinoiy uyushma)ga norasmiy “pullaydi”, “xaridor” esa davlat tuzilmasi yoki boshqa tuzilmadan o’z maqsadlarida foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadi;
-xizmatchi tomonidan tovlamachilik yo’li bilan pora yoki qo’shimcha haq undirilishi;
-kuchli ruhiy ta’sir ko’rsatish yo’li bilan xizmatchilarning faol sotib olinishi (uyushgan jinoyatchilik uchun xos).
Korrupsiya jinoyatchilik determinasiyasining umumiy va maxsus jarayonlari oqibatidir. Jinoyatchilik determinasiyasining maxsus jarayonlari asosan mansab yoki boshqa xizmatlar bilan bog’liq hisoblanadi. Korrupsiya jinoyatchiligining sabablari va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarni ko’rib chiqishda:
- mansab vazifasi;
-ijtimoiy nazoratning holatini qayd etish zarur.
Mansab bilan bog’liq bo’lgan (xizmat shart-sharoitlarida) korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’luvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Mehnatga mansabdor va ularning oilalariga munosib hayot kechirish imkonini beradigan miqdorda haq to’lash qoidalarini bajarmaslik.
- Boshqaruv tipi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifalar ko’p jihatdan alohida xizmatchilarning ixtiyoriga binoan hal etiladi. Huquqiy tartibga solish faqat umumiy tartibda amalga oshiriladi, shuning uchun ham bu yerda shaxsiy ixtiyor va o’zboshimchalikka keng yo’l ochiladi. Normativ boshqaruvda maьlum tipdagi vaziyatda ularni batafsil tartibga soladigan huquqiy normalarning qo’llanilishi haqida gap boradi. Bu holda ham poraxo’rlik mavjud bo’ladi, ammo pora amaldorning belgilangan qoidalarni buzishi uchun beriladi.
-Ijtimoiy-ruhiy vaziyat. Davlat xizmatchilari muhitidagi qorrupsiyaning normal hodisa sifatida e’tibor etilishi jinoiy moyillikni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Korrupsiya jinoyatchiligini sodir etuvchi mansabdor shaxslarda moddiy foyda olish uchun qonun va axloq normalariga qarshi borish, kasb etikasini buzishga moyillik kuchli bo’ladi.Unda ochko’zlik va hasadgo’ylik singari shaxsning fe’l-atvorini tavsiflovchi xususiyatlar ham ta’sir ko’rsatadi. Bunday shaxs yashayotgan ijtimoiy muhit haqida gapirganda:
-unda korrupsiya va boshqa jinoiy faoliyat natijasida katta moddiy farovonlikka erishgan shaxslarning mavjudligi;
-shaxsning turmush darajasi moddiy jihatdan ta’minlanganligi va kelgusida bu ta’minlanganlik darajasining keskin kamayishi;
-nihoyatda qimmat turuvchi odatlar, qiziqishlarning mavjudligi va boshqa shunga o’xshash holatlarni ham qayd etib o’tish lozim.
Ijtimoiy nazorat ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi kerak. Mansabdor shaxslarning daromadlari va xarajatlari, ularning o’z xizmat majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratning yo’qligi, korrupsiya faktlariga eьtibor bermaslik yoki yuzaki, qonunga asoslanmagan holda eьtibor berish korrupsiya jinoyatchiligining sodir etilishini yengillashtiruvchi, aybdorlarning bir qismi uchun esa – sababiy kompleksni tashkil etuvchi, jinoiy moyillikni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar hisoblanadi.