Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə53/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Abdurasulova K-R- Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.X.Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 216-219 b.


10- Mavzu. Terrorizm xamda diniy ekstremizm bilan bogliq jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish.
Reja:
1.Terrorizm va diniy ekstremizm tushunchasi
2.Terrorizm va diniy ekstremizmning ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan bog’liqligi
3.Terrorizm va diniy ekstremizmni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar

    1. Terrorizm va diniy ekstremizm tushunchasi

Terror lotincha “Terror” o’zbekcha qo’rquv, vahima ma’nosini bildiradi. Deyarli barcha davlatlarda bu turkumdagi jinoyat yagona nom bilan, ya’ni terrorizm atamasi bilan nomlanadi.
Terrorizm jinoyati aniq bir shaxsga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan alohida bir ijtimoiy munosabatga tajovuz qilishga qaratilmay, sub’ekt yoki sub’ektlar muayyan bir maqsadga erishish uchun tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga, xalqaro munosabatlarning normal rivojlanishiga, davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi iqtsodiy asoslariga, jamoat xavfsizligiga, inson yoki insonlar hayoti va sog’lig’iga, kishilarning qonun bilan qo’riqlanadigan huquq va manfaatlariga tajovuz qiluvchi o’ta murakkab jinoyat hodisasi hisoblanadi. Ushbu jinoyat, ko’pgina yuridik adabiyotlarda ta’kidlanishiga ko’ra, ko’proq siyosiy maqsadlarga erishish yo’lida qilinadigan g’oyat keskin, juda xavfli oqibatlar keltirib chiqaradigan jinoiy faoliyat hisoblanadi.
Hozirgi zamon terrorizmi g’oyat murakkablashib ketganki, turli diniy-ekstremistik oqimlar ham o’z maqsadlariga erishishning muhim vositasi sifatida terrorchilik jinoyatidan keng foydalanadilar. Terrorizm jinoyatchiligi bir davlat hududidan chiqib, xalqaro tus olgan, tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatchilik turidir. SHuning uchun ham bu turkumdagi jinoyatlar O’zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar» bobida berilgan.
Yuridik adabiyotlar, bu boradagi ilmiy tadqiqot, ilmiy maqolalarda hamda amaliyotda «Terror», «Terrorizm», «Terrorchilik akti», «Davlat terrorizmi», «Xalqaro terrorizm» kabi atamalar ishlatilmoqda. Ushbu atamalarning tushunchasi ma’lum darajada O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonunida berilgan.
Terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatan, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etashdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizlikka putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarlik qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlardir.
Ushbu qonunda terrorchi, terrorchilik guruhi, terrorchilik tashkiloti, terrorchilik faoliyati, terrorchilik harakati, xalqaro terrorizm atamalarining tushunchalari berilgan.Terrorchilik faoliyati terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirshdan, terrorlik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkiloti tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo’lgan faoliyatdir.Terrorchilik harakatlari terrorchilik guruxi yoki terrorichilik tashkilotining o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirish yo’lida garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo’lga olish yoki ushlab turish; davlat yoki jamoat arbobini, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish; davlat yoki jamoat ahamiyatiga ega bo’lgan ob’ektlarni bosib olish, ularni shikastlantirish, yo’q qilish, portlatish, o’t qo’yish, portlatish qurilmalarini, radiaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, zaxarlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo’rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo’lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo’q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o’tkazilayotganda vahima ko’tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish; aholi hayotiga, sog’lig’iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar molmulklariga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo’li bilan zarar etkazish yoki zarar etkazish xavfi ostida qoldirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalarida belgilangan terrorchilik tarzidagi boshqa harakatlarni sodir etishdan iborat bo’lishi mumkin.
Vaqt o’tishi bilan terrorizmda ham sifat va miqdor jihatidan o’zgarish yuz bermokda. Agarda 1958-yili qabul qilingan, davlatga qarshi jinoyatlar to’g’risidagi qonunda (O’zbekiston Respublikasining 1959 yili qabul qilingan jinoyat kodeksida) davlat hokimiyatiga zarba berish yoki uni zaiflashtirish maqsadida davlat yoki jamoat arbobini yoxud hokimiyat vakilini uning davlat yoki jamoat faoliyati munosabati bilan o’ldirish (O’zbekiston Respublikasi JK 56moddasi), ig’vo yo’li bilan urush boshlash yoki xalqaro ahvolni og’irlashtirish maqsadida chet el davlat vakilini o’ldirish (O’zbekiston Respublikasi JK 57-moddasi) terroristik akt hisoblangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonunida ancha keng tushuncha berilgan va bu tushuncha yuqorida bayon qilindi. Hozirgi davrda butun bir tuzilmaga ega bo’lgan terroristik tashkilotlar paydo bo’ldiki, bu tashkilotlar o’zining rahbariy idorasiga ega.
Masalan, "O’zbekiston Islom Harakati" (rahbari O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000 yil 17 noyabrdagi hukmi bilan o’lim jazosiga hukm qilingan, Namangan viloyatida tug’ilib o’sgan Tohir Yo’ldoshev)ning rahbariy idorasi Siyosiy kengash, boshqaruv idoralari, o’ziga xos Vazirlar mahkamasi, Harbiy qo’mita, axborot tahliliy boshqarma va hokazolarga ega.
Tohir Yo’ldoshevning o’zi esa Ben Laden kuchlari a’zo bo’lgan islom terroristik tashkilotlarining Kengashi O’zbekiston terroristik-ekstremistik kuchlarning vakili etib saylangan. «O’zbekiston Islom Harakati»ning (O’IHning) siyosiy Kengashi qoshida maslaxatchi va instruktorlar sifatida «Alqoida», «Tolibon», «Al-Jihxod» va boshqa ekstremistik tashkilotlarning, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Sudan, Turkiyada tashkil topgan ekstremistik tashkilotlarining vakillari ish yuritadilar. Jumladan, islomiy yo’nalshidagi diniy-siyosiy ekstremistik tashkilotlar; «Hizbut tahrir al Islomiy», «Akromiylar», «Adolat uyushmasi», «Islom lashkarlari», «Tavba», «Nur» hamda boshqa diniy yo’nalishdagi oqimlar.Nima sababdan yuqorida qayd qilingan oqim va harakatlar diniy ekstremistik oqimlar deyiladi? Buning boisi shundaki, turlicha nomlangan, o’z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun turli dinlarni niqob qilib olgan holda harakat qiladilar.
Ekstremizm lotincha «exetrem» o’zbekchasiga siyosatda keskin tadbirchoralar ko’rishga tarafdorlik ma’nosini beradi.
Bu oqimlar faqat dinni, muayyan diniy aqidalarni aholi o’rtasida targ’ib qilish bilan shug’ullanmay, balki o’zlarining maqsaddarini amalga oshirish uchun dindan foydalanadilar, dinni niqob qilib oladilar. O’z maqsadlarini amalga oshirish uchun har qanday o’ta og’ir jinoyatlardan, ya’ni turli fitnalar uyushtirshp, mavjud davlat tuzumini ag’darib tashlash, qo’poruvchilik, terroristik akt, odamlarni o’ldirish jinoyatlarini sodir etishdan qaytmaydilar. Masalan, 1999-yil 16 fevral’ kuni sodir etilgan Toshkent shahridagi terrorchilik harakati tufayli 16 nafar begunoh fuqaro halok bo’lgan, 128 nafar kishi turli darajada tan jarohatlari olgan, davlatga 689.844.552 so’mlik moddiy zarar etkazilgan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan oqimlarning maqsadi va maqsadini amalga oshirish shakli farq qilsada, mohiyati mazmuni va amalga oshirish usullari bir xil. Millatlararo adovat va nafrat qo’zg’atish; ommaviy tartibsizlik va fuqaroviy bo’ysunmaslik namoyishlarini tashkillashtirish; O’zbekistonga «Jihod» e’lon qilish; Markaziy Osiyo halqlarining madaniy-tarixiy, milliy an’analarini rad etish, ularni arab xalqi madaniyati va milliy ongi asosida assimilyatsiya etish; o’zbek xalqining milliy davlatchiligi hissiyotini tubdan qo’porish va «xalifalik» shaklidagi davlatga siyosiy-hududiy qo’shilish. Bulardan ko’rinib turibdiki, ularning maqsadi islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar yashovchi mamlakatlarni o’rta asr davridagi hayotga qaytarishdir.Hozirgi kunda sayyoraning turli nuqtalarida diniy ekstremizm insoniyatga qanchalik og’ir musibat va qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganini butun dunyo xalqlari ko’rib turibdi.
Hozirgi kunda diniy ekstremizm, fundamentalizm atamalari kabi «separatizm» atamasi ham ko’p ishlatilmoqda «Separatizm» atamasi o’zbekchasiga «Ajralib chiqish, alohida bo’lishga intilish» ma’nosini beradi.
Umuman olganda fundamentalistik, separatistik, ekstremistik diniy oqimlarning maqsadi bittasini siyosiy hokimiyatni har qanday yo’l bilan qo’lga olish va o’sha hududda diniy qonunlarni o’rnatishga qaratilgan.
Afsuslar bo’lsinki, yuqorida aytilgan turli diniy oqimlar diniy-siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda dindan foydalanmokdalar. Achinarlisi pgundaki, ular islomiy qoidalarni aynan aholisining asosiy qismi musulmon diniga e’tiqod qiladigan davlatlarda amalga oshirmokchi bo’ladilar. Vaholanki, haqiqiy islom diniga e’tiqod qiladigan Markaziy Osiyo halqlarining yana qanday islom dinini singdirmoqchilar?
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik tashkilotlar, yuqorida ta’kidlanganidek, tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga, davlatning xavfsizligi, suvereniteti, hududiy daxlsizligi va iqtsodiyotiga, kishilar hayoti va sog’lig’iga, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, kishilarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan harakatlar bo’lganligi uchun mamlakatimiz xududida ularning faoliyat olib borishi taqiqlangan.
Qonun, bir tomondan, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati va diniy marosimlarni normal o’tkazishini himoya qilib, diniy faoliyat olib borish yoki diniy marosimlarni o’tkazishga to’sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni belgilasa (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 145-moddasi), ikkinchi tomondan, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni xavf ostida qoldiradigan turli diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzishni taqiqlaydi (JK 216-moddasi). SHuningdek, faoliyati O’zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash (JK 21-61-moddasi), diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK 21-62-moddasi) uchun javobgarlikni belgilaydi.
Jinoyat qonunida yuqorida aytilgan harakatlar uchun javobgarlikni belgilab, avvalo, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik ta’minlansa, O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha qonuniy diniy tafsilotlarning normal faoliyat olib borishini, vijdon erkinligini to’la amalga oshirishni va eng muhimi dinning (shu jumladan, islom dinining) sofligini ta’minlaydigan turli dinni niqob qilib olgan ekstremistik, separatistik, fundamentalistik oqim va tashkilotlarning zararli ta’siridan himoya qiladi.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin