Maxsus ta’LIm vazirligi


Nazoratga olingan shaxslarning ijtimoiy-psixologik porteretini o’rganish



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə25/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
kriminologiya modul

6.Nazoratga olingan shaxslarning ijtimoiy-psixologik porteretini o’rganish.
SHaxs darajasidagi sababiy zanjirda jinoyat sub’ektining o’zi asosiy bo’g’in bo’lib qoladi. U bilan jinoiy oqibatning kelib chiqishiga ko’ra bog’liq bo’lgan boshqa barcha holatlardan tashqari, shaxs ehtiyojlari (manfaatlari) va xulq-atvor motivlari kabi psixologik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillar ayniqsa qasddan sodir etilgan jinoiy qilmishlar sababiyatining tarkibini aniqlashda juda muhimdir.Ehtiyojlar (manfaatlar) jinoiy xulq-atvor psixologik mexanizmining muhim elementlaridir. Shu munosabat bilan ba’zan kriminlogiyaga oid adabiyotlarda ehtiyoj muayyan jinoyatning sababi deb hisoblanadi. Ammo bu to’g’ri emas.
Birinchidan, ehtiyojlar o’z holicha, jamuljamlikda jinoyat sodir etishga ta’sir ko’rsatgan boshqa omillar bilan bog’lanmasdan, jinoyat sababi sifatida amal qilishi mumkin emas.
Ikkinchidan, har qanday jinoyatning sababi muayyan jinoyatni muayyan tarzda tahlil qilish jarayonida aniqlanadi.Inson ehtiyojlari ko’p sonli va rang-barangdir. Oddiy biologik va fiziologik ehtiyojlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uyqu, muhabbat, onalik va h.k.), moddiy va ma’naviy yo’sindagi ijtimoiy ehtiyojlar (bilim, mehnat, muomala, o’z qobiliyatini namoyon etish, o’zini o’zi tartibga solish va h.k.) shular jumlasidandir.Ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa ijtimoiy munosabatlar (eng avvalo ishlab chiqarish,sinfiy va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlar) bilan belgilanadi. Ular harakatchandir. Hatto ehtiyojni qondirish usuli ham alohida ehtiyojga aylanishi mumkin. Masalan, kitob yig’ish shaxsning ma’rifiy, hayotda mo’ljal olish bilan bog’liq ehtiyojlarini qondirish usuli sifatida, kitobsevarlikka (bibliofiliyaga) aylanishi mumkin.Hayotiy zarur, normal, ya’ni umuman olganda maqbul ehtiyojlar hamda deformatsiyalangan, buzuq, ya’ni ijtimoiy nomaqbul ehtiyojlar farqlanadi.Deformatsiyalangan, buzuq ehtiyojlar yomon odatlar va didga asoslanadi. Ba’zan ehtiyojning o’zi emas, balki uni qondirish usullari soxta bo’lib chiqadi. Aksariyat hollarda jinoiy xulq-atvor zamirida ehtiyojlar yotadi.Ammo ehtiyojning ahamiyatini oshirib ko’rsatish ham yaramaydi. CHunki u jinoyatni bevosita emas, balki shaxsning sezgilar, manfaatlar, qarashlar, mo’ljallar, e’tiqodlar mexanizmi orqali vujudga keltiradi.
Qasddan jinoyat sodir etish mexanizmi (ya’ni muayyan hayotiy vaziyat yuzaga kelgunga qadar) uch bo’g’indan iborat: a) motivatsiya; b) rejalashtirish; v) jinoyatni ijro etish.Motivatsiya – xulq-atvor motivining shakllanish va yuzaga kelish jarayonidir.Maqsad – motivni amalga oshirishning o’ziga xos shaklidir.Boshqacha qilib aytganda, bu – oldindan ko’rilgan va erishish istalgan natijadir. Natija maqsadga bog’liq bo’ladi. Motiv – inson faoliyatini harakatlantiruvchi kuchdir. Ayrim olimlar da’vat etuvchi kuchlarni (A.N.Leont`ev), ayrimlar – ongli ehtiyojlarni (V.G.Aseev), ayrimlar esa – ehtiyojlar bilan bog’liq bo’lgan keskinlik holatini (K.Obuxovskiy) motivlar deb hisoblaydi.Motiv – shaxs jinoyat sodir etishga ahd qilishiga turtki beruvchi ichki xulq-atvordir. Lekin motivning o’zi ham sub’ektning motiv hosil qiluvchi har xil ehtiyojlari (manfaatlari), qadriyatlarga munosabati va hokazolarning mahsulidir.
Sezgilar – eng keng tarqalgan xulq-atvor motivi. Rudin ma’lumotlariga ko’ra, sezgilarning 100 dan ortiq turi ma’lum.Shularning 30 dan ortig’i jinoyat motivi bo’lishi mumkin (g’azab, xusumat, nafrat, haqoratlanganlik, manmanlik, noto’g’ri tushunilgan burch, soxta o’rtoqlik, romantika, qo’rqoqlik, qo’rquv, muhabbat, qasos va b.). Jinoyatning o’zi, umuman olganda, ijtimoiy va shaxsiy manfaat o’rtasidagi to’qnashuv natijasidir.Shaxsning qadriyatlarga munosabati – borliq hodisalari va voqealariga shaxs munosabatlarining ijtimoiy belgilangan tizimidir.
«Bu dunyoda yashab qol», «Eng muhimi – pul», «Axmoq odam mehnat qiladi» va hokazolar ko’pgina jinoyatchilar «dunyoqarashi»ga xos mo’ljallardir. Muayyan harakatga turtki beruvchi omillar motivni anglash bilan tugallanmaydi. Motiv anglab yetilganidan keyin ko’pincha motivlar to’qnashuvi, kurashi ro’y beradi. Konfliktda oqilona, emotsional omillar, o’ch olish hissi va ishga doir manfaatlar, tabiiy ehtiyoj va fuqarolik burchi, g’arazli manfaat va mansab vazifasi va hokazolarga munosabatlar to’qnashadi.Ammo motivlar kurashi bilan bog’liq barcha holatlar uzil-kesil qaror qabul qilish bilan yakunlanadi.
Jinoyat sodir etish haqida qaror qabul qilish ikkinchi bo’g’in – jinoyatni (uning vaqti, joyi, usullari va hokazolarni) rejalashtirish bo’g’inining shakllanishini anglatadi.Shu narsa diqqatga sazovorki, jinoiy xulq-atvor sohasida ba’zi hollarda jinoyatni rejalashtirishning muayyan stereotiplari kuzatiladi: masalan, jinoyatchilar jinoiy rejani bajarishning boshqa variantlarini o’ylab o’tirmasdan, muayyan bir usulni tanlaydilar. Sababiyatning psixologik mexanizmidagi o’ziga xos holatlardan biri shundan iboratki, jinoyat sodir etish to’g’risida qaror ba’zan emotsional beqarorlik va asabiylashish holatida qabul qilinadi. SHuning uchun ham jinoyatni baholashda ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmishlarda ko’p uchraydigan imulьsiv jinoiy xulq-atvor mexanizmiga alohida e’tibor berish lozim.
Impulьsiv harakatlar – shaxsning o’ylanmagan, motiva o’ylanmagan motivatsiyasiz harakatlaridir.Xulq-atvorning impulьsivligi qo’qqisdan tug’ilgan vaziyat, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste’mol qilish bilan belgilanishi mumkin. Impul`siv xulq-atvorga emotsiyalar ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli mazkur hodisani o’rganish muayyan jinoiy xulq-atvorda sababiyatning psixologik mexanizmini aniqlash uchun muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatda (shuningdek oilada) emotsional munosabatlarning yozilmagan, lekin keng amal qiluvchi qoidalari yoki usullari juda ham ko’p. O’z sezgilarini tiyib turishda inglizlarga hech kim yetolmaydi, deb hisoblaydilar.
Italьyanlar esa emotsiyalarining kuchliligi bilan ajralib turadi. Solmo qabilasiga mansub hindular o’ta tinchliksevar odamlardir. Odam o’ldirish, zo’rlik ishlatish, o’zini o’zi o’ldirish, hatto mushtlashish ham ularga begonadir.Umuman olganda, ko’pgina jinoyatchilarga emotsiyalar madaniyat darajasining pastligi, o’z his-tuyg’ularini jilovlay olmaslik xosdir. SHuning uchun ham motivlari yo tashqi sabablarga mos kelmaydigan, yo o’rindosh xususiyatga ega bo’lgan jinoyatlar ko’p sodir etiladi. Shunday qilib, shaxsning jinoiy xulq-atvorini belgilovchi holatlar ancha murakkab sababiyat kompleksini tashkil etadi. Bu kompleks mazmuni va xususiyatiga ko’ra har xil bo’lgan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o’z ichiga oladi. Ularni mufassal o’rganish va aniqlash – kriminologiya fani uchun mushkul,lekin muhim amaliy vazifadir.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin