139 2023 MAY Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi shaxsning ijtimoiy jihatidan rivojlanishi, kamol
topishi va hayotiy manfatlarining kafolatli himoyalanishini taʼminlaydigan holatidir.
Shu boisdan shaxsning iqtisodiy xafsizligi har bir inson uchun hayotda
muvaffaqiyatga, farovonlikka erishganligining hamda jamiyatda barqaror mavqega
ega boʼlganligining muhim koʼrsatgichi boʼlib xizmat qiladi[2].
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining subʼektlari quyidagilar hisoblanadi:
-
shaxs yaʼni har bir insonning oʼzi. Bunga sabab inson hayoti faoliyatiga rahna,
xaf soluvchi tahdidlarning asosiy qismi subʼeltni tavsifga ega boʼlib, ularni shaxsning
oʼzi bartaraf etishi mumkin;
-
jamiyat. Jamiyatning ijtimoiy institutlari shaxsning baʼzi xuquqlarining davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining aralashuvisiz ham kafolatli amalga oshirilishini
taʼminlash imkoniyatiga ega boʼladi;
davlat. Davlat oʼzining har bir fuqarosini mamlakat xududida va undan tashqarida ham
himoya qilishni kafolatlaydi.
Shaxs xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish uchun quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq boʼladi:
-
iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlarni izchillik bilan davom ettirish, kishilarning tadbirkorlik faoliyatini hamda
isteʼmolchilar manfaatlari va xuquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish;
-
ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan darajada ishsizlikning
oʼsishining oldini olish, yangi ish oʼrinlarini yaratish, mehnatga layoqatli aholining ish
bilan bandligini oʼstirish chora tadbirlarini amalga oshirish;
-
kambagʼallik va qashshoqlik muammosini keltirib chiqarish mumkin boʼlgan
tahdidlarni baholash va ularning oldini olish, kam taʼminlangan aholini kuchli ijtimoiy
himoya qilish mexanizmini takomillashtirish.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga taxdidlarning oldini olishning ichki va tashqi
tahdidlar quydagicha:
1-jadval