Maydoni: 3 ming kv km. Ma`muriy markazi



Yüklə 29,46 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü29,46 Kb.
#166694
1   2
Документ Microsoft Word

TABIATI VA EKOLOGIYASI
Sirdaryo viloyati O`zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo`lib, Sirdaryoning chap qorg`og`idan boshlanuvchi Mirzacho`lning kattagina maydonni egallagan.

Bugungi kunda Mirzacho‘lning tabiiy holati hisobga olinadigan bo‘lsa, uni cho‘l deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Aslida u bahorda unib chiqib, yozda qurib qoladigan turli-tuman o‘simliklar o‘suvchi gil tuproqli pasttekislikdir. Uning ba’zi joylarida qamishzor va taroqsimon bargli o‘simliklar uchraydi. Bahor va yoz oylarida, ayniqsa, janubi-sharqiy qismida tez-tez yoqimsiz garmsel shamoli esib turadi.




"Sayxun” parvarishxonasi.
Viloyat hududi tabiatining o‘tmishi va buguni o‘rtasida juda keskin farq bor. Chunki inson omili tufayli Mirzacho‘lga madaniy dehqonchilik jadal sur’atlarda kirib kelgani uning tabiati bioxilma-xilligiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatdi. Bir paytlar poyonsiz kengliklarda o‘sib yotgan cho‘lning yovvoyi o‘simliklari bugun o‘z o‘rnini madaniy o‘simliklarga bo‘shatib berdi. Paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilikda juda katta yutuqlar qo‘lga kiritilib, endilikda Sirdaryoda etishtirilayotgan poliz mahsulotlarining dovrug‘i mamlakatimiz tashqarisida ham ma’lum va mashhurdir.

Viloyatning umumiy maydoni 427,6 ming gektarni tashkil etib, uning qariyb 60 foizida dehqonchilik qilinadi. Bir foizga yaqin maydoni o‘rmonzorlardan iborat bo‘lsa, 5 foiz hududini yaylov tashkil qiladi.

Viloyat hududida qish qattiq kelmaydi. SHunday bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda harorat -34 darajagacha tushishi mumkin. Yozi esa quruq va issiq bo‘lib, harorat +42+45 darajagacha ko‘tariladi.

Suv zaxiralari cheklangan bo‘lib, viloyatning asosiy obi hayot manbai Sirdaryo va undan poyonsiz tekisliklar orqali o‘tgan sun’iy kanallar hisoblanadi. Bundan tashqari viloyat hududida bir qator ko‘llar va sun’iy suv havzalari mavjud, ularda 20 xildan ziyod baliq etishtiriladi.

Viloyat hududida 10 ga yaqin zilol suvli tabiiy buloq ham ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan Xo‘jamushkent, Sag‘anoq, Sarmich, Tojikiston Respublikasi chegarasiga yaqin joydagi O‘ratepa buloqlari alohida o‘rin tutadi.

Viloyat hududida bitta muhofaza etiladigan hudud mavjud. U ham bo‘lsa, Sirdaryo bo‘yidagi to‘qayzorlarda 1995-yili tashkil etilgan va noyob yovvoyi qushlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan "Sayxun” xo‘jaligidir. Xo‘jalik faoliyati yovvoyi o‘rdak va g‘ozlarni ko‘paytirishdan tashqari 382 gektar maydondagi to‘qayzorlarni ham asl holatda saqlab qolishga yo‘naltirilgandir. Bu erda O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 xildan ortiq daraxt va buta, o‘simliklar o‘sadi, dasht qora iloni, to‘ng‘iz, shoqol, Sirdaryo qirg‘ovuli, umuman 20 xildan ziyod yovvoyi parranda qo‘nim topgan.

Sirdaryo tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida bahordagi toshqinlar davrida Sirdaryoning suvi toshib suvda suzuvchi qushlar uchun to‘xtab o‘tuvchi ajoyib maskanlarni hosil qiladi. Ana shu davrda bu erga o‘n minglab suvda suzuvchi qushlar hordiq chiqarish uchun qo‘nadilar. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob qushlardan – qoshiqburun, vishildoq oqqush, pushti saqoqush, jingalak saqoqush, olaqanot, marmar churrak bor.

Sirdaryo viloyatida faqat ushbu hudud uchun xos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan Maligin baliqqo‘zi, qora sirttan kabi noyob o‘simliklar o‘sadi.



Viloyat hududida oq sazan, Turkiston mo‘ylabdori, ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish, olaqanot, ilonburgut, dasht burguti, burgut kabi O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan jonzotlar yashaydi. Ulardan Bogdanov yirtqichi faqat ushbu hudud uchun xos hisoblanadi.
Viloyat hududi qurilish ashyolarining kattagina zaxirasiga ega. Viloyatning Sirdaryo bo‘yidagi to‘qayzorlari ekoturizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.
Yüklə 29,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin