Mazkur dastur 5140100-Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishining


Biologik membranalarning tuzilishi, xossalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70312
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
5А140101 - Biologiya (fan yonalishlari boyicha)

Biologik membranalarning tuzilishi, xossalari, o‘tkazuvchanlik va faol transport 
tizimlari hamda asosiy funktsiyalari. Biologik membranalarning kimyoviy tarkibi. Moddalarning 
membrana orqali tashiluvining qiyinligi. Diffuziya moddalar tashiluvining bir mexanizmidir. 
Membrananing tashuvchi oqsillari. Membranalar orqali makromolekulalarning tashiluvi. 
Ionoforlar. Protoplazmaning fizik— kimyoviy xossalari. 
Hujayra turli organoidlarining o‘zaro funktsional ta’siri. Hujayra o‘rtasidagi 
bog‘lanishlar. Tirik hujayraning xossalari. 
O‘simlik o‘ujayrasiga xos qug‘alishlar va ularning uzatilish mexanizmi.
O‘simliklarda regulyatsiya va integratsiya tizimlari. Hujayra ichki regulyatsiya 
tizimlari: Fermentlar faolligi regulyatsiyasi. Regulyatsiyaning genetik tizimi. Membrana 
regulyatsiyasi. Hujayralararo regulyatsiya tizimlari: trofik (oziqa-moddalar) regulyatsiyasi. 
Regulyatsiyaning gormonal tizimi. Elektrofiziologik regulyatsiya. O‘simliklarda elektrotonik 
maydon va tok. Ta’sir potentsiali. Organizm darajasidagi integratsiya. Integratsiya mexanizmlari. 
Qo‘zg‘aluvchanlik. Retseptsiya. 


Fiziologik jarayonlarning molekulyar asoslari. DNK tuzilishi va uning vazifalari. 
DNK replikatsiyasi. RNK tuzilishi va vazifalari. Transkriptsiya. Translyatsiya. Genlar 
ekspressiyasining boshqariluvi.
Bioenergetikaning asosiy tushunchalari. Biologik tizimlardagi energiya manbalari. 
Hujayraning umumiy energetik tsikli. Makroergik bog‘lar. ATF ning tuzilishi va xossalari. 
Makroergik birikmalar hosil bulish reaktsiyalarini hujayradagi oksidlanish qaytarilish 
reaktsiyalari bilan bog‘lovchi mexanizm haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Membrana - bioenergetik jarayonlarning struktura asosidir. Biomembranalarda 
energiyaning transformatsiyasi. 
Fosforirlanish. Elektrokimyoviy potentsial-fosforirlanishni harakatga keltiruvchi kuch. 
Mitchelning bog‘lanishning xemiosmatik nazariyasi asosiy qoidalari.
Fotosintez. Fotosintez yashil o‘simliklarning nodir xususiyatidir. Fotosintezning 
mohiyati va ahamiyati. O‘simlik organizmida energiya va moddalar almashinuvi jarayonlarida 
fotosintezning o‘rni. Fotosintezning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Fotosintez-yorug‘lik 
energiyasining kimyoviy bog‘lar energiyasiga transformatsiyalanish jarayonidir. Bargning 
fotosintezlovchi organ sifatida tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Barg optik tizim sifatida. 
Fotosintetik apparatning strukturaviy tuzilishi. Xloroplastlarning ontogenezi va filogenezi. 
Xlorofillar, fikobilinproteidlar va karotinoidlarning tuzilishi, xossasi, va fotosintezdagi 
vazifalari. Pigmentlarning funktsional va ekologik ahamiyati. Pigmentlar biosintezining 
regulyatsiyasi. Fotosintetik pigmentlar tizimidagi energiyaning migratsiyasi. Fotosintetik birlik. 
Reaktsion markazlar va ularning pigmentlari. Reaktsion markazdagi oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlari. Fotosintez elektron transport zanjirining tarkibiy kimyoviy komponentlari. 
Elektronlarning o‘simlik va bakteriyalardagi tsiklik va notsiklik oqim. Yuksak o‘simliklar 
fotosintezining elektron —transport zanjiri. «Qaytaruvchi kuchning» hosil bo‘lishi. 
Fotofosforirlanish. Fotofosforirlanish asosiy turlari: tsiklik, notsiklik va psevdotsiklik. 
Fotosintezning qorong‘ulik bosqichlari. S
Z
va S
4
— o‘simliklarda SO
2
gazining birlamchi 
aktseptorlari tabiati. Aktseptorlarining regeneratsiyasi. Kalg‘vin tsikli. Fotosintezning barqaror 
mahsulotlari.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin