Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1 - modul. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. 1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va
chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb
etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Shuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha
ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej
o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan,
umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini
tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini
shakllanishini haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
2-mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursida uchraydigan atamalar hamda
jismoniy tarbiya sifatlarini, metodlarni, printsiplarni, mazmunini,dastlabki asosiy tushunchalar:
“Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy madaniyat tizimi”, “Jismoniy madaniyat”, “Jismoniy rivojlanish”,
“Jismoniy ta`lim”, “Jismoniy tayyorgarlik” “Jismoniy kamolot” “Sport” atamalarini bilishi
lozim. Mamlakatimizda jismoniy madaniyat tizimi xaqida, jismoniy madaniyat tizimining
printsiplariga tavsif tushunchalari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.