206
yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat
dasturi tasdiqlandi.
Davlat rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari belgilandi. Mazkur
farmoyish asosida, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning
ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi saʼy-
harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati
institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda
modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot
strategiyasi” markazi tashkil etildi.
Markaz – nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lib, Harakatlar strategiyasidagi
islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish,
davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik
nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini
o‘taydi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi aql markazi sifatida qisqa vaqt ichida
o‘zida Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali,
tahlilchi va kuchli ekspertlarni jamlay oldi. 170 ga yaqin davlat organlari va
tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga
xalqaro aql markazlari bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019-
yilda Markaz dunyodagi eng yaxshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan
Italiyadagi “European House – Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida
jamlagan Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi
46 yillik tajribaga ega va o‘z safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil,
prognozlash va strategiya Markazi (CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro
hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
2020-yilning mart oyiga qadar ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq
qonun loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qolaversa, 2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy
va mualliflik maqolalari chop etildi hamda shuncha miqdorda OАV orqali lavha,
ko‘rsatuv, intervyu va suhbatlar keng omma eʼtiboriga xavola etildi. 2020-yilda
“Harakatlar Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va
yuksak marralar” nomli risola ham chop etildi.
Dostları ilə paylaş: