TARMOQ XAVFSIZLIGI FANINING MAZMUNI
“Tarmoq xavfsizligi” fani tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari,
kibertahdidlar, xujumlar va zaifliklar, axborot xavfsizligi soxasiga oid xalqaro va
milliy me’yoriy-huquqiy xujjatlar tavsifi, kiberxavfsizlik modellari, xavfsizlik
masalasida tarmoqlararo ekranning o‘rni, operatsion tizim himoyasi kabilarni
o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi
. Talaba:
-
obyektlarga bo‘ladigan tahdidlar manbai va ta’sir uslublari haqida;
-
me’yoriy va favqulodda vaziyatlarda tarmoq xavfsizligi tizimlarini
tashkillash;
-
mamlakatdagi axborot himoyasi tizimini aniqlaydigan huquqiy va me’yoriy
hujjatlar haqida;
-
intellektual mulk va mualliflik huquqini himoyalash prinsiplari haqida
tasavvurga ega bo‘lishi;
-
davlat faoliyatining turli sohalarida axborotni himoyalash prinsip va
usullarini;
-
tarmoq xavfsizligi sohasida asosiy huquqiy me’yorlarni bilishi va bilishi va
ulardan foydalana olishi;
-
axborot xavfsizligi ta’minotining zaruriy texnologiya va himoya vositalarini
tanlash;
-
axborot chiqib ketadigan tashkiliy va texnik kanallarni aniqlash;
-
tashkilot xavfsizlik siyosatini yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: