Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo`gan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko`ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirikmaydaligiga ko`ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi.
Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |