Mazu: Cho’kindi tog’ jinslarini hosil bo’lish bosqichlari


Tsementlangan cho`kindi jinslar



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/7
tarix06.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#125972
1   2   3   4   5   6   7
ALLIYAROV JAMSHID 2

Tsementlangan cho`kindi jinslar. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins zarrachalarini birbiriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi.
Konglomyerat (shag`altosh) - silliqlangan shag`al, brekchiya - qirrali (sheben) jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib birikishidan hosil bo`ladi. Xajmiy og`irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha.
Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash jarayoniga chidamli bo`ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 MPa.
Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo`ladi. Alevrolitlar jichlashgan jins bo`lib, suvda ivimaydi va o`z xossalariga ko`ra qumtoshlarga yaqin turadi.
Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo`lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va yangi jins hosil bo`lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit va boshqa minerallarga aylanadi.
Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin