Aralash ohaktoshlar dengiz va ko`l to`blarida keng tarkalgan bo`lib, organogen, hemeogen va chakik ohaktoshlardan hosil bo`ladi. bularga mergel misol bo`la oladi. Mergel tarkibi doimiy bo`lmagan ohak va gildan iborat jinsdir.
Tyemirli jinslar yoki fyerrolitlar. Tarkibida temir moddasi ko`p bo`lgan bu jinslar loyqa-ko`ykalardan hosil bo`ladi. bu guruhga turli temir rudalari, jumladan, temir tufi, botqoqlik rudalari, siderit konkretsiyalari kabi cho`kindi jinslar kiradi. Temir tufi limonit, fosfor marganets tuzi birikmasidan iborat, rangi sari-qo`ngir, teksturasi asosan govak bo`lib, dengiz hamda ko`llarga temir gidroksidlarining cho`kishidan hosil bo`ladi.
Fosfatli jinslar yoki fosforitlar. Bunday jinslar dengizlarning sayoz joylarida biohimik jarayonlar natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi.
Organik (cho`kindi) tog jinslari. Dengiz va okeanlar tubida hayvon, o`simlik hamda halok bo`lgan organizmlar qoldiginin g to`planishidan organogen jinslar hosil bo`ladi. organogen jinslar sergovak bo`lib, suvda eriydi, tashki kuch ta`sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar - diatomit, trepel, opoqa va kaustobiolitlar - tosh ko`mir, qo`ngir ko`mir, antrotsit, ozokerit, yonuvchi slanetslar, torf, neft, asfalt va boshqalar kiradi.
Diatomit - bo`shroq tsementlangan diatom suv o`tlaridan tarkib topgan, sergovak, oq, och ko`lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil etadi.
Tryepyel tashqi ko`rinishidan diatomitdan uncha farq qilmaydigan, oq, och kulrang yoki sarg`ish tusli, ko`lda tez uqalanadigan, namni o`ziga tez yo`tuvchi kremniyli jins. Trepel yengil, tuproqsimon jins bo`lib, gil zarralari bilan aralashgan opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy og`irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Opoka trepelga nisbatan zich va qattiq, och hamda to`q bo`zrangli, g`ovakli jins. Tarkibi asosan, opal minerali zarrachalaridaan iborat bo`lib, ba`zan bunga juda ko`p qum kremniyli organizm qoldiqlari aralashgan bo`ladi.
Ko`mir tarkibidagi uglerod strukturasi va miqdoriga ko`ra ko`ngir ko`mir, toshko`mir va antratsitga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |