Ko‘rish qobiliyati Rochester universiteti tadqiqotchilari bir narsani aniqlashdi: birinchi shaxs nomidan o‘ynaladigan shuterlar (masalan, afsonaviy Call Of Duty o‘yini) narsa-buyumlarning mayda detallarini va bir qarashda farqlash oson bo‘lmagan kulrang tusining ham farqli turlarini ajratish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu nimaga kerak? Masalan, tumanli ob-havoda mashina haydayotganda.
Miya Shuterlar bir paytning o‘zida juda ko‘p ish bajarilganda diqqatni jamlay olish va ish qobiliyatini saqlab qolishni ham ta’minlaydi. Geymerlar bir ishdan ikkinchisiga oson o‘tib keta oladilar. Ammo mashg‘ulotlarni cho‘zib yuborish yaramaydi. Tadqiqotchilar haftasiga monitor qarshisida besh soatdan ortiq o‘tirmaslikni tavsiya etishadi.
Ruhiy sog‘lomlik Keng iste’molchilar doirasi uchun mo‘ljallangan kazual o‘yinlar (Bejeweled, pazllar va hokazo) oddiyligi va do‘stona interfeysi bilan ajralib turadi. Qoidalari murakkab emas, mabodo o‘yinchi qiynalib qolsa o‘yinning o‘zi unga nima qilish kerakligini maslahat beradi. Bu, masalan, jamoat transportida «yo‘lni qisqartirish» uchun eng yaxshi o‘yin. Ammo berilib ketmang — bekatingizdan o‘tib ketishingiz mumkin!
Kazual o‘yinlar kuniga 30 daqiqa o‘ynalsa yetarli — depressiya va bezovtalikni ancha aritadi.