Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun


-MAVZU.  «EGIZAGINGNI» HIMOYA QIL: IJTIMOIY TARMOQLAR



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/115
tarix17.10.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#156743
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
88c7e5b9646148fab716c26a7d76524c

2-MAVZU. 
«EGIZAGINGNI» HIMOYA QIL: IJTIMOIY TARMOQLAR 
VA MESSENJERLARDAGI XAVFSIZLIK QOIDALARI
 
 
 
Treningga kirish
 
 
Internet olami hisoblangan internet 
va uning ijtimoiy tarmoqlar, 
messenjerlar, forumlar kabi tarkibiy 
qismlari o’z qoidalariga ega
.
Biz tarmoqdagi etiket qoidalarini 
ko’rib chiqish natijasida bunga 
amin bo’ldik.
Ular hayotdagi qoidalar bilan ko’p taraflama o’xshash. Qaysidir jihatlari farq 
qiladi, chuni ular qo’llanadigan muhit ham o’ziga xos
.
Shunday bo’lsa ham, biz analogiyalar o’tkazishimiz mumkin. O’ylaymanki, 
internet olamida, real hayotda bo’lgani kabi xavf
Sizlik qoidalari ham 
mavjudligi hech kim uchun sir yoki kashfiyot bo’lmasa kerak
. Nima uchun? 
Bizga nima tahdid qiladi?
Taklif etilgan variantlarning aksariyati shuni eslatdiki,
Mashq
 
М
P 1.
 
Т
rener auditoriyaga savol bilan murojaat qiladi: internet-muhitda, 
ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda bizga kim v anima xavf tug’dirishi 
mumkin? So’rov miya bo’roni formatida o’tkaziladi.
Ishtirokchilarning javoblari flipchartda qayd etiladi.
Javoblarning ehtimoliy variantlari:
 
- virsular;
- parolni buzishlari va pochtaga kirishlari mumkin;
- sahifaning buzilishi;
- aldab pul oladilar;
-
virtual o’yinlarga jalb qiladi;
- turli shubhali guruhlarga kiritadilar;
- firibgarlar shaxsiy m
a’lumotlarni so’raydilar;
-
shaxsiy ma’lumotni bilib olib, insonga qarshi qo’llaydilar.


111
Biz virtual olamda axborot bilan ishlaymiz. 
U qanday ko’rinishda bo’lishi 
ahamiyatSiz 

matn, foto yoki video. Esimizda bo'lgani kabi, turli xil fokuslar 
yordamida - manipulyatsiya, tashviqot, feyklar, "nafrat tili" - odam yoki virtual 
olamning "aholisi" deb atalmish - foydalanuvchiga ta'sir qilish mumkin. Va 
biz bilganimizdek, har doim ham yaxshi niyat bilan emas. Mana shu 
sabablarga ko'ra, virtual xavfSizlik qoidalari muhim.
Bizning akkauntimiz, ma'lum bir tarmoqdagi sahifamizni himoya qilish orqali, 
aslida virtual egizagimiz, biz o'zimizni himoya qilamiz. Chunki bizning shartli 
virtual "avatarimiz" - bu bizning o'zimiz. Biz sahifani o'chirib tashlashimiz 
mumkin, ammo Internet maydonida bir qator xatolarga yo'l qo'ygan bo'lsak, 
ularning oqibatlari bizga real dunyoda ham ta'sir qilishi mumkin. Oddiy misol: 
Siz messenjerda, virtual dunyoda yozishmalarda sinfdoshlaringiz bilan 
janjallashgansiz. Ehtimol, buning sababi ham virtual olamdan bo'lgan - post, 
fotosurat, izoh. Ammo ertalab Siz universitetda yoki maktabda darslarga 
kelaSiz va hech kim Siz bilan gaplashmaydi, salomlashish uchun qo'l 
bermaydi, murojaat va so'rovlarga javob bermaydi. Siz u erda virtual dunyoda 
janjallashdingiz, lekin aslida bu erda yolg'iz qoldingiz.
Aslida juda ko'p xavfsizlik qoidalari mavjud, chunki virtual dunyoda hisobga 
olinishi kerak bo'lgan nozik tomonlari haqiqatdan kam emas. Faqatgina bir 
qarashda hamma narsa oddiy bo'lib tuyuladi: Siz gadjetni ochaSiz - va Siz 
boshqa dunyodaSiz. Ammo uning o'ziga xos yo'l harakati qoidalari va yong'in 
xavfSizligi qoidalari, hattoki o'zini himoya qilish qoidalari ham mavjud.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin