Mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash – mediamuhitda mavjud bo’lishning zaruriy ko’nikmalaridir


Maqsadli auditoriyalar xuddi o’sha mediaxabarlarni turlicha qabul qilishadi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/4
tarix14.11.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#69077
1   2   3   4
1-dars MEDIASAVODXONLIK VA TANQIDIY FIKRLASH – MEDIAMUHITDA MAVJUD BO’LISHNING

3. Maqsadli auditoriyalar xuddi o’sha mediaxabarlarni turlicha qabul qilishadi

Har qanday media mahsulotning mazmuni nafaqat uning ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratiladi. Aksincha, bu ular va tomoshabinlar o’rtasidagi hamkorlikdagi ishdir. Axborot iste’molchilarining turli xil auditoriyalari bitta hodisaning turli xil mazmunlarini namoyish etishlari mumkin. Mediasavodxonlik bizni odamning yoshi, jinsi, irqi, ijtimoiy mavqei, oilaviy va madaniy bekgraund, axloqiy tamoyillar ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr etilgan ma’lumotlarning talqiniga qanday ta’sir qilishini tushunishga o’rgatadi.

4. Media – bu birinchi navbatda foyda olishga yo’naltirilgan korxonalardir

Aksariyat media foyda keltirishi kerak bo’lgan biznesdir. Mulkchilik va nazorat qilish masalalari markaziy ahamiyatga ega bo’ladi: odamlarning nisbatan kam qismi biz ko’rayotgan, o’qigan va ommaviy axborot vositalarida eshitgan narsalarimizni nazorat qiladi. Medialarga egalik qilish yanada ko’proq darajada jamlangan. Dunyo yangiliklarining aksariyati bir nechta media korporatsiyalar tomonidan boshqariladi va cheklanadi. Internet yaratuvchisi, dunyoni o’zgartirgan britaniyalik olim, URI, URL, HTTP, HTML ixtirochisi, Butunjahon Internet tarmog’idagi konsorsiumning hozirgi rahbari Тim Berners-Li shunday deb yozadi: "Google, Microsoft, Yahoo, Apple, Facebook... Siz ularning mahsulotlaridan foydalanayapman deb o’ylayotganingizda, ular sizning ma’lumotlaringizdan foydalanadi, Internetni o’zaro taqsimlaydi va tobora qattiqroq shartlarni belgilay boshlaydi."

Shuningdek, biz nashr etayotgan narsalarning aksariyati senzuraga uchraydi yoki ommaviy axborot vositalari egalarining manfaatlariga mos kelishiga qarab cheklanadi. Ularning daromad olish motivatsiyasi nafaqat biz ko’radigan yoki ko’rmaydigan ommaviy axborot vositalarini belgilabgina qolmasdan, balki oddiy foydalanuvchi nimani va kimga Internetda post qilishi va onlayn gaplashishi mumkinligini aniqlaydi. Bunga bizni "Axborot pufagi" yoki "filtrlar pufagi" deb atalmish narsada ushlab turadigan yangi Feysbuk algoritmlari misol bo’lishi mumkin.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin