Mediasavotxonlik va axborot madaniyati


i bob. MA`NAVIY TAXDIDGA QARSHI MA`RIFIY KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MAVZUSI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#166779
1   2   3   4   5
Ma\'naviy tahdidlardan himoyalanish choralari

i bob. MA`NAVIY TAXDIDGA QARSHI MA`RIFIY KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MAVZUSI
1.1 Ma'naviy tahdid turlari
XXI asr boshiga kelib butun dunyoda globallashuv jarayoni shu qadar kuchayib ketdiki, undan to‘la ihotalangan birorta ham davlat yo‘q. Hatto xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan chetda emas.

Bugungi axborot asrida internet tarmog‘i dunyoni tobora kengroq o‘z to‘riga o‘ramoqda. Sayyoramizda mazkur tizimdan foydalanuvchilar soni 2 milliard nafardan ko‘proqni tashkil etadi. Afsuski, undagi axborotlarning salmoqli qismi ba'zi manfur kuchlar tomonidan muayan strategik maqsadlarni ko‘zlab tarqatilayotgani bois internet axborot urushlarining asosiy quroliga aylanib bormoqda. Masalan, yirik ijtimoiy tarmoq — Facebook o‘z tizimiga har kuni bir milliarddan ortiq tashrif bo‘layotgani va ularning 600 mingi o‘zgalarning xabarlari, fotosuratlari va boshqa shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritish ilinjida bo‘lgan g‘araz niyatli kimsalar tomonidan sodir etilayotganini ma'lum qildi. Keyingi paytlarda ayrim davlatlardagi turli namoyishlar, qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishda ham aynan mazkur ijtimoiy tarmoqdan foydalanilayotgani siz-u bizdan ogohlikni talab etadi.



Bugun yadro quroli ishlab chiqarish bo‘yicha 20ga yaqin davlatda harakatlar bo‘lapti. 120ga yaqin davlat esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun hatto millionlab dollar mablag‘ sarflashdan ham tap tortishmayapti. Eng yomoni, yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Ayni paytda tizimda o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar mavjud. 49 foiz komputer o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qilayotir. 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn orqali tarqatiladigan pornografiya ta'siriga butunlay qaram bo‘lib qolgan. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola zo‘ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foiz bola millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan.

Xo‘sh, bu kabi ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan global muammolarga qarshi kurashish uchun nima qilish darkor? Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi qonunda yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. 



    1. Yüklə 0,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin