Mediatexnologiyalar kundalik hayotda. Reja: kompyuter grafikasi turlari. Multimedia va grafik dasturiy ta’minotlar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix15.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130785
Media texnologiyalar kundalik hayotda



MEDIATEXNOLOGIYALAR KUNDALIK HAYOTDA. 
REJA: 
1.KOMPYUTER GRAFIKASI TURLARI.
2.MULTIMEDIA VA GRAFIK DASTURIY TA’MINOTLAR. 
3.TURLI SOHALAR BO`YICHA GRAFIK DASTURIY VOSITALAR 
 


Kompyuter grafikasi turlari 
Tuzilishiga ko`ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo`lishi mumkin. 
Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko`pgina mayda elementlar 
(piksellar)ga bo`lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi. 
Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo`lib, uning rangi 
kompyuter xotirasiga bitlarning ma‘lum bir miqdori vositasida kiritiladi. 
Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo`yicha (800) va vertikal 
bo`yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko`p bo`lsa 
tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori 
bo`ladi. 
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo`yalish 
rangini ko`rsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yo`g‘i 
ikki formula – to`g‘ri to`rtburchak va ellipsning ranglari, o`lchamlari va 
joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday 
tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko`ra kamroq joy egallaydi. 
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo`qotmagan 
xolda kattalashtirish 
yoki 
kichiklashtirish 
imkoniyatidir. 
Ob‘ektlarni 
masshtablash matematik formulalardagi mos koeffitsientlarni kattalashtirish 
yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan 
ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni 
uzatishning fotografik aniqligi talab etilganida rastrli formatdan foydalanish 
lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta‘kidlash lozimki, rastrli va vektorli 
tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar 
jamlanmasi sifatida uzatiladi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 
Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib 
bormagan soxani topish qiyin. 
Kompyuter 
grafikasi 
va 
animatsiyasi 
vositalarini 
qo‘llanish 
soxasiga ko`ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: 
poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi 
dasturlari; 
ikki o`lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; 
taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan dasturlar; 
ikki o`lchamli 
animatsiya dasturlari; 
uch o`lchamli animatsiya dasturlari; 
ikki o`lchamli animatsiya 
dasturlari; 
ikki 
o`lchamli 
va 
uch 
o`lchamli 
animatsiya 
dasturlari; 
videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; 
ilmiy vizuallashtirish 
ishlarini bajaruvchi dasturlar. 
Kompyuter 
grafikasi 
va 
animatsiyasi 
dasturlari 
rassom 
va 
dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter uyinlari va 
o‘qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o‘z 
faoliyatida 
turli 
formatdagi 
tasvirlardan 
foydalanuvchi 
barcha 
mutaxassislarda xam katta qiziqish uyg‘otadi. 


Rang modellari 
RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko`k 
birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo`lib, ushbu ranglarning turli 
proportsiyalarda aralashtirish natijasida ko`rinuvchi spektrning turli xil 
boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan 
ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar xosil 
bo`ladi (11.1-rasm). 
11.1-rasm. RGB modeli 
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul 
qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo`lganda oq rang, R=0, G=0, 
B=0 bo`lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. 
CMYK modeli bo`yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq 
rangning nur 
o`tuvchi 
bo`yoqdan o`tishida spektrning bir qismi 
yutiladi. 
Yutilmagan nur qaytadi va odam ko`ziga tushadi (11.2-rasm). 
11.2-rasm. CMYK modeli 
Ranglarmoviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar 
aralashmasidan paydo bo`ladi. Ularning to`liq aralashmasidan qora (black) 


rang xosil bo`ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat 
qabul qilishlari mumkin. 
HSB (HSV) modeli. Model nomi unga asos bo`lgan uch 
komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rangtoni; Saturation - 
to`yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko`zining rangni xis qilish 
qobiliyatiga asoslangan. 
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapazondagi burchak kattaligi bilan 
tavsiflanadi. To`yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul 
rangning boshqa rangga 
nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to`la to`yingan rang). 
Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o`zgarishi mumkin. 
Multimedia va grafik dasturiy ta‘minotlar. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun qo`shimcha dasturiy ta‘minot 
sifatida foydalanush mumkin. Shu sohaga yo`naltirilgan foydalanuvchilar 
xuddi muhandislar, arxitektorlar, nashriyotchilar kabi grafik dasturlardan 
doimo foydalanishadi. Bunday dasturiy vositalar esa ularga grafika va 
multimedia 
bilan 
ishlashga 
xizmat 
qiladi. 
Bu 
dasturiy 
ta‘minot 
avtomatlashtirilgan 
loyihalashtirish, 
nashriyot 
tizimi, 
bo`yoq/tasvir 
tahrirlagichlar, 
foto tahrirlagichlar, video va audio tahrirlagichlar va 
multimedia yaratish hamda Web-sahifa yaratish kabilarni o`z ichiga oladi. 1-
jadval bir qancha ommabop dasturlar professional va texnik ziyrak 
foydalanuvchilar uchun kategoriyalari bilan maxsus ko`rsatmalar asosida 
keltirib o`tilgan. 
Ko`pgina multimedia va grafik dasturlar foydalanuvchilar tomonidan 
foydalanish orqali oson interfeysli va sodda versiyalari bilan bu dasturda 
grafikli hujjatlar yaratiladi. Keyingi bo`limda multimedia va grafik dasturiy 
vositalarning funktsiyalari va afzalliklari ko`rib chiqiladi.1 
Jahon miqyosida nazar soladigan bo`lsak kompyuter grafikasi va elektron 
dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni jismoniy tarbiya va sport 
sport musobaqalaridan olingan video tasvirlarni yaratish va montaj qilishda ham 
foydalanilishi kata ahamiyat kasb etadi. Ko‘pincha bu yaratilayotgan barcha 
dasturlar, 
reklama 
roliklar, 
dizaynlarning 
asosiy 
qismi 
kinofilmlar, 
multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda. Sport sohasida ham ta‘lim 
jarayonida multimedia va grafik dasturlar foydalanilgan holda darsning didaktik 
materiallarini ishlab chiqishda foydalanilsa bo‘ladi. Darsliklarning multimedia 
shaklida o`tilishi o`qituvchilarga bir qancha qulayliklar tug‘diradi. Chunki, 
shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli 
yozuvlar (prizentatsiyalar), multiplikatsiya ko`rinishida yaratilgan filmlar, 
animatsiyalar va reklama roliklar bir tomondan o`qituvchi uchun engillik 
bo`lsa, ikkinchi tomondan tinglovchilar uchun qiziqarli va diqqatini o`ziga jalb 
qiladi. Va mavzuni yaxshi o`zlashtirilishiga turtki bo`ladi. Ta‘lim sohasining 
multimedia 
ko`rinishida 
o`tkazilishiga 
sabab 
ham 
shu. 
Chunonchi, 
foydalanuvchi televizorda qo`yilayotgan multfilm va reklama roliklarini 
ko`rish o`rniga darsga boradi, bu esa o`z-o`zidan o`quv muassasalariga yanada 


qiziqishni oshiradi. Animatsiyali rolik mavzuni har jihatdan o`rganib, keng 
qamrab olishiga qaramasdan uni ham kamchiliklari bor. 
Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 
yillarda ham to`laqonli grafik tizimlar mavjud bo`lgan. Hozirgi kunda 
kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan 
foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan 
ishlashning barcha ko`rinishlari o`z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi 
dinamik o`zgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi. 
Kompyuter animatsiyasi – 
Innovatsion kompyuter 
Mushakbozlik dasturiy vositasi yordamida real «portlash» yaratish 
mumkin. Ushbu maxsus dasturiy vosita yordamida hattoki mushakbozlikni 
pirotexnik va musiqali javobini eshitish mumkin. Asosiy mushakbozlik 
xiyobonda o`tkazilgan mustaqillik kuni uchun ishlab chiqilgan. Unda har 
bir mushak musiqa kuchi bilan aniqlangan (11.3-rasm). 
11.3-rasm. 
20 minutlik shouni rejalashtirilish uchun 4 oyga yaqin vaqt ketgan. 
Operator dasturni ishga tushirganda har bir grafik bo`shliqqa bog‘lanishda 
kompyuterni ishchi moduldan ozod etish uchun signal yuboradi. 
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish 
Loyihalashtirishni 
avtomatlashtirish (CAD) 
dasturiy
vositalari 
amaliy 
dasturiy 
vositalarning 
qiyin 
turlaridan 
hisoblanib, ular professional foydalanuvchilar ilmiy loyihalarni, arxitektura 


ishlanmalarini yaratish uchun yordam beradi. Masalan, muhandislar 
transport vositalari uchun dizayn va xavfsizlik ta‘minotini yaratishadi. 
Arxitektorlar binolarni loyiha strukturasini va bino rejasini tuzishadi (11.4-
rasm). 
11.4-rasm. Arxitektorlar CAD dasturlaridan binoni strukturasini loyihalashda 
foydalanadi 
Sport inshootlarining loyihasini 
avtomatlashtirilgan tizimda tizim 
dizaynini loyihalash usullarini ishlab chiqadilar (11.1- rasm). 2 
CAD dasturiy vositalari loyiha dizaynini va loyiha ustida ish olib 
borish jarayonini engillashtiradi. 
Uch fazoli CAD dasturlari loyihachiga ob‘ektlarni har qanday burchak 
ostida aylantirib, ko`rib ishlash imkonini beradi. 
Nashriyot tizimidagi grafik dasturiy vositalar (professionallar uchun) 
Nashriyot tizimidagi dasturiy vositalar (DTP. Desktop publishing 
software) professional loyihachilar uchun qiyin matnli, grafikali va ko`p 
ranglardan tashkil topgan hujjatlarni yaratishga xizmat qiladi (11.5-rasm). 
Ushbu dasturiy vositalar yordamida darsliklar uchun yuqori sifatli rangli 
hujjatlar, korporativ axborot byulletenlari, mahsulotlar kataloglari hamda yillik 
hisobotlar tayyorlashlari mumkin. 
Sahifalarni tayyorlash jarayonida matn va grafik hujjatlar ranglarning 
standart to`plami kutubxonasidan foydalangan holda loyihachilar va matn 
teruvchilar aniqlangan ranglar asosida matnni kiritib boradilar. Loyihachilar 
ushbu yakunlangan grafik hujjatlarni nashr qilish uchun rangli printerlardan 
foydalanishlari mumkin.3 


Turli sohalar bo`yicha grafik dasturiy vositalar Bo`yoq/tasvir 
tahrirlagichlar dasturiy ta‘minoti (professionallar uchun). 
Multimedia va grafika mutaxassislari, texnik illyustratorlar va 
nashriyotchilar bo`yoq/tasvir tahrirlagich dasturiy ta‘minotlaridan foydalanib, 
Web-sahifalar va nashriyot hujjatlari uchun grafik tasvirlar yaratadilar va 
ushbu dasturlardan foydalanib hujjatlarga o`zgartirishlar kiritadilar. Bo`yoq 
dasturiy vositalari foydalanuvchilarga rasm chizish, shakllar va turli vositalar 
yordamida ekranda grafik tasvirlar yaratishga imkon beradi (11.6-rasm). 
Tasvirlarni tahrirlashda dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud tasvir 
va rasmlarni kattalashtirish va o`zgartirish kiritish mumkin. Tasvirlarni rang 
sifatini oshirish, maxsus effektlar qo`shish, soya, multiplikatsiya yaratish va 
tasvirlarni bir-biriga ulash kabilar vazifalarni modifikatsiya qilish mumkin 
Professional fototasvirlar tasvirlarni tahrirlash vositalari yordamida 
avtoyozuvchi video uskunalar, muhandislar va olimlar hamda katta hajmdagi 
raqamli fototasvirlar bilan ishlovchi foydalanuvchilar raqamli tasvirlarni 
sozlashlari va qayta tahrirlashlari uchun mo`ljallangan. (11.7-rasm). Professional 
fototasvirlarni tahrirlash dasturiy vositalari foydalanuvchilarga faylning keng, 
har xil turdagi formatlari asosida asosiy qiyofani saqlashga xizmat qiladi. Ushbu 
dasturiy vositalar yordamida foydalanuvchilar fototasvirlarni xiralashtirish
tasvirlarni qisqartirish, tasvirdagi «qizil ko`z» ni olib tashlash, tasvirni 
o`zgartirish shakllari, rangli tasvirlar, ob‘ektlarni olib tashlash yoki qayta 
joylashtirish hamda filtrlarga murojaat qilish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. 
Video va audio tahrirlash dasturiy ta‘minoti (professionallar uchun). 
Video 
tahrirlash 
dasturiy 
vositasiprofessionallarga 
klip 
deb 
nomlanuvchi video segmentlarni o`zgartirish imkonini beradi. Misol uchun, 
foydalanuvchilar videoklipni uzunligini qisqartirishlari, klip qismlarini qayta 
tartiblashi yoki maxsus effektlar qo`shishlari mumkin bo`ladi. Video 
tahrirlash dasturiy vositasi audio tahrirlash kabi o`xshash bo`ladi. Audio 
tahrirlash dasturiy vositasi foydalanuvchilarga audio faylni o`zgartirish, 
studiyada sifatli saundrek tayyorlash va videokliplarga audio fayl qo`shish 
kabi imkoniyatlar yaratib beradi (11.7-rasm). Audio tahrirlash dasturiy vositasi 
odatda, filtrlarni qo`llagan holda ovoz sifatini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 
audio filtr audio faylning fondagi keraksiz shovqinlarni olib tashlaydi. Aksariyat 
hollarda teleshou yoki filmlarda videolar yaratishda audiotahrirlash dasturiy 
vositalaridan keng foydalaniladi. 
Mutaxassis uchun multimedia dasturiy ta‘minoti 
Multimedia 
dasturiy 
vositalar 
foydalanuvchilarga 
matnlarni 
birlashtirish, grafika, audio, video va interfaol arizalar multiplikatsiyasini 
yaratish imkonini beradi (11.8-rasm). Ushbu dasturiy vositalar yordamida 
foydalanuvchilar matn va tasvirlarni joylashtirish, ovozning uzunligi, video va 
multiplikatsiyalarni boshqaradilar. O`quv markazlari, ta‘lim muassasalari va 
elektron jurnal nashr etuvchilar multimedia dasturiy vositalarning interfaol 
ilovalaridan foydalanadi. Ushbu tayyor multimedia hujjatlari va ilovalardan 
Internet orqali, lokal tarmoq va optik disklarga yozib foydalanish mumkin. 


11.9-rasm. Multimedia dasturiy vositalari sizga multiplikatsiya, ovoz, video, 
grafika va matnlarni dinamik namoyishini yaratishingizga imkon beradi 
Web-sahifalar yaratish uchun dasturiy ta‘minotlar 
Web-sahifalar uchun dasturiy vositalar foydalanuvchilarga web-
sahifalarga grafik tasvirlar, audio va video, multiplikatsiya hamda boshqa 
maxsus effektlar yaratishda yordam beradi (11.9-rasm). Ulardan tashqari 
ko`pgina 
web-sahifalarda 
foydalanuvchilarga 
web-sahifalarni qo`llab-
quvvatlash va tashkillashtirish dasturlari yaratiladi. Amaliy dasturiy ta‘minot, 
ya‘ni Word va Excel dasturlari ko`pincha web-sahifalarni yaratish hamda 
uning xususiyatlarini oshirishda qo`llaniladi. 
Ushbu multimedia dasturiy vositalari tarmoqda web-sahifalarni 
rivojdanishiga xizmat qilmoqda
Shaxsiy moliyaviy dasturiy ta‘minot 
Shaxsiy moliyaviy dasturiy ta‘minot – soda dastur hisobi bo`lib, 
iste‘molchilarning kichik ofislari va uy ofislarida chek kitobchasi, xisob 
raqamidan to`lovni amalga oshirish, shaxsiy kirim-chiqimlarni kuzatib borish, 
byudjetni tuzish, material-texnik resurslarni boshqarish, investitsiya hamda 
moliyaviy rejalarni tarqatishga va balanslashtirishga yordam beradi (11.10-
rasm). Shaxsiy dasturiy ta‘minot sizga qachon va qaerda, nima uchun 
qaysi maqsadda pullaringizni sarflashingizni boshqarishga maxsus dasturlar 
yordam beradi. Hisobotlar to`lovlarni qabul qiluvchi yoki vaqt bo`yicha 
tranzaktsiya 
kategoriyalari 
asosida 
hisoblanishi 
mumkin. 
Moliyaviy 
rejalashtirish funktsiyasi jismoniy shaxslar kreditlarini ichki tahlili, daromad 
soliqlari va nafaqa fondlarini o`z ichiga oladi. Bunday shaxsiy dasturlar 
onlayn xizmatlarni ko`plab takliflarini yuborish va qabul qilish uchun 
Internet tarmog‘iga yo`l ochishni talab qiladi. Masalan, iste‘molchilar 
investitsiyalarni 
onlayn 
kuzatib 
boradilar, 
sug‘urta 
kompaniyalar 
stavkalarini onlayn tarzda taqqoslab boradilar va hakazolar. Onlayn ochiq yo`l 
sizga banklardagi hisob raqami savdosini, hisob raqamidan to`lov shartlarini 


namoyish 
etishga 
va 
haroylik 
tranzaktsiyalarni 
to`g‘ridan-to`g‘ri 
kompyuteringizga tarmoq orqali yuklashga ruxsat beradi. 
11.11-rasm. Iste‘molchining shaxsiy, natijaviy hisob raqami dasturi 
Huquqiy dasturiy ta‘minot 
Huquqiydasturiy ta‘minot qonuniy hujjatlar va alohida shaxslarning 
qonuniy axborotlari hamda oilaviy kichik biznes asosida tayyorlangan 
(11.11-rasm). Huquqiy dasturiy ta‘minot hujjatlar va kontraktlar me‘yorini, 
sotib olish bilan bog‘liq ma‘lumotlar, ijara, mulkni rejalashtirish va xakazolarni 
bir-biri bilan bog‘lanishini ta‘minlaydi. 
Soliq dasturiy ta‘minoti 
Soliq dasturiy ta‘minot dasturiy ta‘minotning seriya raqami va web-
sahifalarga o`xshash soliq muassasasida ro`yxatdan o`tish jarayoni kabi ochiq 
holatda bo`lishi mumkin (11.12-rasm). Bu dasturlar soliq majburiyatlarini va 
iqtisodiy soliqlarni bashoratlash takliflari ishlab chiqiladi, ya‘ni sizning soliq 
haqidagi qonuniy loyihangizni o`tkazish uchun. Shu bilan bir qatorda elektron 
pochta xizmati orqali shakllarni yuborish soliq to`lovchilarga o`zlarining soliq 
to`lovlarini onlayn tarzda elektron ro`yxatdan o`tish orqali olishga xizmat qiladi. 


11.13-rasm. Soliq dasturiy ta‘minoti foydalanuvchilarga soliq muassasalaridan 
ro`yxatdan jarayonini ta‘minlaydi 
Nashriyot tizimining dasturiy ta‘minoti (shaxsiy foydalanish uchun) 
Professionaldasturiy ta‘minot DTP yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ko`pgina 
sug‘urtaga oid 
va 
kichik 
biznesda 
ishlash 
uchun 
anchagina 
sodda 
hamda 
oddiy 
dastur 
hisoblanadi. 
Professionaldasturiy 
ta‘minot 
DTP 
iste‘molchilarga yangiliklar asosida kichik biznesni tashkil etish, brashuralar, 
reklamalar, otkritkalar, qutlov otkritkalari, firma blankalari, e‘lon ishlari, 
bannerlar, kalendarlar, logotiplar va hakazolar joylashtirishga yordam beradi 
(11.13-rasm). 
Ko`pgina matn dasturiy vositalari DTP funktsiyalarini o`z ichiga oladi 
va DTP hujjatlarini yaratishga xizmat qiladi. Masalan, shaxsiy DTP dasturlari 
yuz minglab grafik tasvirlar bilan ta‘minlab beradi. Undan tashqari xususiy 
raqamli hujjatingizga import qilishingiz ham mumkin. Keyin esa internet 
shaklida rangli printer yordamida xabarlaringizni shaxsiy DTP dasturlarisiz 
bosmaga 
chiqarishingiz 
mumkin. 
Ko`pgina 
shaxsiy 
DTP 
dasturlari 
bo`yoq/tasvirlarni 
tahrirlagichlar 
va 
fototasvirlarni 
tahrirlash 
hamda 
fototasvirlarni boshqarishni ham o`z ichiga oladi. 
Bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar dasturiy ta‘minoti (shaxsiy foydalanish 
uchun) Bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar dasturiy ta‘minoti dastur interfeysidan 
oson foydalanishni 
ta‘minlaydi. Xuddi dasturning professional versiyasiga o`xshash 
sizga sodda instrumentlar yordamida rasm chizishga va turli rasm hamda 
shakllar ustida amallar bajarishga xizmat qiladi (11.14-rasm). Shaxsiy 
tasvirlarni tahrirlash dasturiy ta‘minoti dasturning bo`yoq imkoniyatlarini va 
mavjud grafika hamda fototasvirlarni modifikatsiya qilish (o`zgartirish)ni 
ta‘minlaydi. Bu dasturlarda bulardan tashqari hujjatlar va tasvirar uchun turli 
andozalar, otkritkalar, bannerlar, kalendarlar, tashrif qog‘ozlari va hakazolarni 
ham kiritish mumkin. Ba‘zi operatsion tizimlar asosiy bo`yoq/tasvir 
tahrirlagichlarini o`z ichiga oladi. 
Fototasvirlarni tahrirlash dasturlarini boshqarish 
Professional tasvirlarni tahrirlash dasturlari web-sahifalarda keng 
miqyosda ishlash imkonini ham beradi. Professional tasvirlarni tahrirlash 
dasturlari foydalanuvchilarga raqamli fototasvirlarni tahrirlash, tasvirdagi 
―qizil ko`z‖ ni o`chirish, dog‘larni yo`qotish, fototasvirlarni haqiqiy ranglar 
asosida qayta tiklash, maxsus effektlar qo`shish, tasvir sifatini yanada oshirish 
yoki elektron fotoalbomni yaratishga xizmat qiladi. Agarda siz raqamli 
kamera bilan ishlayotgan bo`lsangiz, bu o`z navbatida fototasvirlarni dasturlar 
yordamida tahrirlashingizga to`g‘ri keladi (11.15-rasm). 


Uy 
egalari 
uy 
loyiha/sun‘iy 
landshaft 
yaratish 
dasturlaridan 
foydalanishlari mumkin (11.19-rasm). Uy loyiha/sun‘iy landshaft yaratish 
dasturlari turli materiallar ro`yxatini loyihaning sarf-xarajatlar miqdorini ham 
o`z ichiga oladi. 
Maxsus dasturlar yordamida tasvirlarni joylashtirish va aks ettirish 
Maxsus dasturlar yordamida tasvirlarni joylashtirish va aks ettirish 
foydalanuvchilarga xaritani ko`rish, yo`naltirilgan marshrutni va qiziqarli 
joylarni aniqlash mumkin (11.20-rasm). Ushbu dasturlar foydalanganda 
ekranda xarita, manzili, pochta indeksi, telefon raqami kabi ma‘lumotlarni 
olish mumkin bo`ladi. Bunday dasturlar foydalanuvchilarga harakatni 
yo`nalishini va yakuniy punktni kiritishni ta‘minlaydi. 
Bu 
dasturlar 
mobil qurilmalarga o`xshash smartfonlardagi kabi mediaharakatlantirgich 
yordamida ishlaydi va ko`pgina navigatsiya uskunalari kabi dasturlarda aks 
ettiriladi. 


11.21-rasm. Bu dasturda yo`nalish vaqtlari navbatma-navbat ta‘minlangan 
Ta‘lim va ichma-ich kirish (ssilka) dasturiy ta‘minoti 
Ichma-ich kirish dasturlari barcha alohida shaxslarni qimmatli va 
to`liq axborotlar bilan ta‘minlaydi. Ommabop dasturlar entsiklopediyalarni, 
lug‘atlarni va tibbiyot qo`llanmalarni o`z ichiga oladi. 
Ta‘lim dasturlariga esa ta‘limning barcha sohalarini kitirish 
mumkin 
(11.21-rasm). Maktabgacha 
ta‘limda 
va 
o`rta 
maktablarda 
o`quvchilar ta‘limning maxsus dasturlardan foydalanadilar. Ya‘ni masalan, 
matematika fanidan tayyorlanib, tayyorlov kurslariga yoki kollejlarga kirish 
uchun imtihon topshiradilar 
Ta‘lim dasturlari ko`pincha o`yinlarni va boshqa kontentlarni o`z 
ichiga olishi mumkin. Ko`pgina 
o`quv-ta‘lim 
dasturlaridan 
kompyuter 
mashqlari 
yondashuvida 
foydalaniladi. Kompyuter mashqlaridan (CBT), 
avtomatlashtirilgan instruktsiyalardan (CAI) talabalar doimiy ravishda 
foydalanib keladilar. Harbiy sohada va aviakompaniyalarda CBT modelidan 
turli muhit va sharoitlarda uchishni o`rganishda foydalanadilar (11.22-rasm). 
XULOSA 


Ko`ngilochar dasturiy ta‘minotlar 
Kompyuterlar uchun ko`ngilochar dasturiy vositalar o`yinni ulash 
uchun qo`shimchalarni, mobil qurilmalar interfaol o`yinlarni, video va boshqa 
dasturlarni o`z ichiga oladi. Masalan, 11.23-rasmda 
ko`rsatilganidek, 
ko`ngilochar dasturlar, yakka tartibdagi o`yinlar yoki onlayn tarzda boshqalar 
bilan o`yin o`ynash dasturlari kiradi. Ko`pgina o`yinlar xudi web-
sahifalardagidek, sizga yakka tartibda, yoki boshqalar bilan onlayn tarzda 
o`yinlarni o`ynash imkonini beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi 
―Oliy ta‘lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish 
tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-4732-sonli, 2017-yil 7-
fevraldagi ―O‗zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-sonli, 2019-yil 
27-avgustdagi ―Oliy ta‘lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining 
uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‗g‗risida‖gi PF-
5789-sonli Farmonlari, shuningdek 2017-yil 20-apreldagi ―Oliy ta‘lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ–2909-
sonli hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-
yil 12-sentabrdagi 2909-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar 
mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‗lib, u oliy ta‘lim 
muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion 
kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‗or xorijiy tajribalar, yangi 
bilim va malakalarni o‗zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish 
ko‗nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi. 
Ta‘lim sohasi bo‗yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini 
oshirish 
mazmuni, 
sifati 
va 
ularning 
tayyorgarligiga 
qo‗yiladigan umumiy malaka talablari 
va 
o‗quv 
rejalari 
asosida 
shakllantirilgan 
bo‗lib, 
uning 
mazmuni O‗zbekistonning 
milliy 
tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta‘lim vazifalari, ta‘lim-
tarbiya jarayonlarini 
tashkil 
etishning normativ-huquqiy 
hujjatlari, ilg‗or ta‘lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta‘lim 
jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‗llash, amaliy 
xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida 
ilmiy va amaliy tadqiqotlar, o‗quv 
jarayonini 
tashkil 
etishning 
zamonaviy uslublari bo‗yicha so‗nggi yutuqlar, pedagogning kreativ 
kompetentligini rivojlantirish, global Internet tarmog‗i, 
multimedia 
tizimlaridan 
foydalanish 
va 
masofaviy 
o‗qitishning zamonaviy 
shakllarini qo‗llash bo‗yicha tegishli bilim, ko‗nikma, malaka va 
kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan. 
Demak, soha olimlari va mutaxassislari ushbu imkoniyatlardan 
to‗laqonli foydalanish, 
shu 
yo‗nalish 
bo‗yicha 
raqobatbardosh 
kadrlar 
tayyorlashga 
ixtisoslashtirilgan 
ilg‗or 
ilmiy-pedagogik 
texnologiyalar ishlab chiqishlari, ta‘lim standartlari zamon talablariga mos 
ravishda shakllantirishlari zarur bo‗ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 


1. Андерсен, Бент Б. Мултимедиа в образовании / Бент Б. 
Андерсен, Катя ван ден Бринк – М.: Дрофа, 2007. – 224 с. 
2. Бурлаков М.В. Corel DRAW 12. - СПб.: БХВ – Петербург, 
2006. – 688с. 
3. Вовк Е. Т. Информатика: уроки по Flash. — М.: КУДИЦ-
ОБРАЗ, 2005. — 176 с. 
4. Гурский Ю., Гурская И., Жвалевский А. Компютерная 
графика: Photoshop CS3, CorelDRAW ХЗ, Illustrator CS3. Трюки и 
эффекты (+DVD с видеокурсом). — СПб.: Питер, 2008. — 992 с. 
5. Рязанова З.Г., Янов В.В. Инфомatsiонные технологии в 
физической културе и спорте. Учебное пособие. 2015 g 194 стр. 
6. Сабирова Д.А. Мултимедийные системы и технологии. 
Учебное пособие -Т: ТГЭУ, 2012 г 180 стр. 
7. 
Хамидов В.С. Методы и модели веб ориентированных 
адаптивных обучающих систем/LAP LAMBERT Academic Publishing, 
Germany. 2010, 228 стр. 
8. Электрон университет. Масофавий таълим технологиялари. 
Олий таълим муассасалари учун / А.Парпиев, А.Марахимов, 
Р.Hамдамов, У.Бегимкулов, М.Бекмурадов, Н.Тайлоqов. ЎзМЭ давлат 
илмий нашриѐти. -Т.: 2008. 196 б. 
9. Яремчук С. Система управления обучением Claroline. 
//Системный администратор, №7 июл 2008. – С 82-85. 
10. Р.Х.Аюпов, Г.Р.Болтабоева. «Инновatsiон таълим 
усуллари ва воситалари». Т.: ТМИ, 2014 йил, 160 бет. 
11. Burns M. Distance Education for Teacher Training: Modes, Models, and 
Methods. – Washington: Education Development Center 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin