Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

MEDIATOR team
 
Fibrinogendan fibrin shakllanishi

Fibrinogen (I faktor) tabiiy, plazmada eruvchan globulin 


oqsili hisoblanadi.

Uning molekular massasi 340 000


Jigarda sintezlanadi
6 polipeptid zanjirning har biri 450 aminokislata saqlaydi
plazmadagi konsentratsiyasi 0.3g/dl
 
Fibrinogendan fibrin hosil boʻlishi
3 reaksiyani oʻz ichiga oladi.
 
1. Proteoliz
Proteolitik ferment hisoblangan 
trombin
fibrinogenning har bir molekulasidan 4ta kichik molekular ogʻirlikdagi 
peptid zanjirlarni chiqarib ularni fibrin monomeriga aylantiradi. 
 
2. Polimerizatsiya
Fibrin monomeri boshqa monomerlar bilan birikib 
uzun fibrin polimerini (
laxta toʻrini
) hosil qiladi. 
Dastlab bu toʻr zaif, sabab fibrin mustahkam 
bogʻlanmagan.
 
3. Fibrin polimerining stabilizatsiyasi
Odatda, qon plazmasida boʻlgan 
fibrin stabilizator 
faktori
(faktor XIII) trombin yordamida aktivlanadi 
va XIIIa shakllantiradi. Ca
2+
va XIIIa orasida 
kovalent bogʻlar shakllanib fibrin iplari bogʻlanadi. 
Shunday qilib, fibrinning mustahkam toʻri hosil 
boʻladi, u esa plazma yoki qon hujayralarining 
boshqa komponentlarini saqlab qoladi va tromb 
shakllanadi. 
 
Tromb retraksiyasi 

Koagulyatsiya jarayonining oxirida hosil boʻlgan tromb: fibrin toʻri va unda saqlanib qolgan qon hujayralari, 


plazma komponentlaridan tuzilgan boʻladi.
Tromb shakllangandan bir necha daqiqa oʻtgach, u siqila boshlaydi va 30-60 daqiqa ichida tarkibidan zardobni 
(
fibrinogen va boshqa ivish faktorlaridan tashqari
) chiqarib tashlaydi.
Trombotsitlar retraksiya uchun asos hisoblanadi, trombotsitlar fibrin tolalariga shunday birikkanki, ular bir 
nechta fibrin tolasini bogʻlab turadi. Trombotsitlarning qisqarish oqsillari (trombotsit trombostenini, aktin va 
miozini) fibrin tolalariga birikkan trombotsitlarning kuchli qisqarishiga sabab boʻladi. Bu fibrin toʻrining 
kompreslanishiga yaʼni trombning retraksiyasiga sabab boʻladi. Bu qisqarish 
trombin va Ca
2+
ionlari orqali 
aktivlanadi. (
demak, retraksiya oʻz ichiga trombning qisqarib hajmining kichrayishi va zardobning chiqishini 
jamlarkan
). 
!!!
Tromb bir necha soat qoladigan boʻlsa, dastlabgi hajmning taxminan 40%i retraksiyaga uchraydi, agar 
trombotsitlarda patologiya boʻladigan boʻlsa retraksiya jarayoni buzilishi mumkin. 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin