Medova asalxonning,,Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil qilish ‘’ fanidan tayyorlagan



Yüklə 146,77 Kb.
səhifə2/10
tarix13.05.2023
ölçüsü146,77 Kb.
#112986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Asalxonning kurs ishi

Kirish.
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun esa bundan 22 yil avval qabul qilingan. Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mas’ul qo‘mitalari hamda ishchi guruhlari tomonidan bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Natijada yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan shu yili 7-avgust kuni ma`qullandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabr kuni mazkur Qonunni imzolashi bilan, amalda bo‘lgan 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim “O‘ZBEKISTONDA ILMFANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz 370 to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta`lim va tarbiya bolalarni o`qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma`naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o`rta ta`limga tayyorlashga qaratilgan ta`lim turidir.
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim umumta`lim o`quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi. O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi va ta`lim oluvchilarning intellectual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasbhunarga va shaxsga yo`naltirilgan ta`lim olishni ta`minlaydi. Professional ta’lim boshlang‘ich professional ta`lim, o‘rta professional ta`lim va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi. Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shakli bo`yicha umumta`lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi. O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o`rta, o`rta maxsus ta`lim hamda boshlang`ich professional ta`lim negizida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oliy ta`lim bakalavriat ta`limy o`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashini ta`minlaydi.Oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta`lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Oliy ta`lim ikki bosqichga-bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat oliy ta`lim yo`nalishlaridan biri bo`yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko`nikmalar beradigan, o`qish davomiyligi kamida 3 yil bo`lgan tayanch oliy ta`limdir. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo`yicha o`qish davomiyligi kamida 1 yil bo`lgan oliy ta`limdir. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda “O‘ZBEKISTONDA ILMFANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz 371 tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo`lgan yo`nalishlari bo`yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo`shimcha kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta`minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta`minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Ta’lim olish shakllari.
Ta`lim olish shakllari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); • dual ta’lim;

  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;

  • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;

  • inklyuziv ta’lim;

  • eksternat tartibidagi ta’lim;

  • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin. Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning otaonasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z otaonasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.

Yüklə 146,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin