Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, birmuncha yuqori haq to’lanadigan ishga o’tkazish), ham ma’naviy (maqtash, xizmatlarini ko’pchilik oldida e’tirof etish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu bilan birga, salbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbob-uskunalarga shikast yetkazilganda va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni qisqartirish) va ma’naviy (e’tiroz, xayfsan berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin.
Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.
Mehnat sharoitlari deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi. Bu muhit inson organizmiga, uning mehnat faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya o’rtasidagi) va patalogik holatlar shakllanadi.
Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo’llaniladi. Mehnatni normalash-bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi iqtisodiy faoliyatning muhim turi bo’lib, uning yordamida zarur mehnat xarajatlari belgilanadi, uning natijalari aniqlanadi, turli toifadagi xodimlar mehnatining kooperatsiyasi amalga oshiriladi, ular ish o’rinlariga qo’yiladi. Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysi–vaqt normasi bo’lib, uning vositasida mehnatni tashkil etish ehtiyojlari uchun boshqa normalar: mahsulot ishlab chiqarish normasi (ish davri davomiyligini vaqt normasiga bo’lish bilan aniqlanadi); xizmat ko’rsatish normasi (xizmat ko’rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi); xizmat ko’rsatish soni normasi (biron-bir stanok, agregat yoki patok liniyasiga xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ishchilar soni bilan ifodalanadi); boshqaruvchanlik normasi (ishlab chiqarishning muayyan rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar bilan ifodalanadi).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 28-65 betlar.
2.Abdurahmonov Q. H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: 2004yil, 17-32 betlar.
3.Bekmurodov M.B. va boshqalar «Sotsiologiya». Toshkent-2002 yil 142-148 betlar.
4.Dodboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Farg’ona-2001yil, 96-105, 111-128, 152-168, 187-198 betlar.
5.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi »-1995yil, 433-435 betlar.
6.Usmonov S.N., Dodboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent: «Fan» -1999 yil, 86 bet.
7.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 80-84 betlar.
8.O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqIy hujjatlar to’plami. Toshkent: «Adolat»- 2006 yil, 88-92 betlar.
Dostları ilə paylaş: |