Mehnat haqqi bo\'yicha hisob kitoblar auditi-azkurs.org
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi. Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatga jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak. .

Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshiradi. Xususan: Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi.
Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi.
Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi.
Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi. Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisobkitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210 «Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar» 6710- «Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi. , 4230«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6970- «Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi. Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob varaqalari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha tekshiriladi.