Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi Reja



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə1/5
tarix13.05.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#112872
  1   2   3   4   5
Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi


Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
Reja:



  1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi

  2. Xodimlarni boshqarish tizimi

  3. Xodimlarni boshqarish tamoyillari

  4. Xodimlarni rejalashtirish

  5. Xodimlarni boshqarish samaradorligi



Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
"Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi" ma'nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
"Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko’proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (13-jadval).


13-jadval. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari



Faoliyat sohasi

Nimaga ustuvorlik beriladi

Qanday funktsiyalar bajariladi

Bajarilishi to’g’risida kimga ma'lumot beriladi

Inson resurslarini boshqarish (strategik yondoshuv)

- Mutloq yangi vazifalarni echishga
- Global, uzoq muddatli vazifalarni echishga

- Inson resurslarini reja- lashtirish
- Shaxsiy qobiliyat va malakani oshirish
- Korxonaning xodimlarga sarflanadigan harajat doirasida xodimlar uchun harajatlarni rejalashtirish

Korporatsiya Prezidentiga

Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat)

- Ma'muriy aralashuvga zaruriyat tug’iladigan kundalik muammolarni echishga

- Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish
- Mehnat motivatsiyasini boshqarish
- Texnika xavfsizligini nazorat qilish
- Nizolarni hal qilish

Korporatsiya vitse-prezidentiga




Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin