Mehnat jarayolari va uni tashkil etish Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari



Yüklə 28,7 Kb.
səhifə2/10
tarix28.12.2023
ölçüsü28,7 Kb.
#201069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mehnat iqtisodiyoti Diyor [Автосохраненный]

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari ko‘rib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi.

1-chizma. Mehnat faoliyatini tashkiliy ta’minlash tamoyillari

  • «Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Keng ma’noda mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning barchasini anglatadi. Mazkur tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lsa-da, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi
  • Tor ma’noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullari, sharoitlari va dam olish tartiblarini oqilonalashtirish, mehnatni me’yorlash, xodimlarni tayyorlash va malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi.

Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi (2.1-rasmga qarang).

  • Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi (2.1-rasmga qarang).

Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin