Mehnat jarayolari va uni tashkil etish Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari


-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari



Yüklə 28,7 Kb.
səhifə3/10
tarix28.12.2023
ölçüsü28,7 Kb.
#201069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mehnat iqtisodiyoti Diyor [Автосохраненный]

2.-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari

  • Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar).
  • Xodimlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash elementlari 1-chizmada keltirilgan bo‘lib, ularning har biri alohida ahamiyatga ega.
  • 1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining o‘zaro bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini beradi.
  • 2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini beradi.

3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me’yor­lash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.

  • 3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me’yor­lash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.
  • 4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma’lum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‘llash ob’ekti bo‘ladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi bo‘g‘ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‘y beradi va uning bosh maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan o‘zgartirilishiga erishiladi. Shu sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‘ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‘lishi.

Yüklə 28,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin