Boshidan jarohatlangandan keyin ishchi M. tez-tez bosh og‘rib turishi dardiga mubtalo bo‘ldi va shu vaqtda ishlay olmasdi. Bu haqda uning tibbiy kartasida batafsil yozilgan edi. Biroq bu yozuv M.ning hayotida salbiy rol o‘ynadi: unga g‘amxo‘rlik qilayotganlarini ro‘kach qilib, hech qayerga ishga olishmadi.
Mazkur holda mehnat qonunchiligi buzilganmi? Agar buzilgan bo‘lsa, demokratik jamiyatning qaysi qonuni buzilgan? vaziyat.
Avtomobil haydovchisi sifatida muqobil xizmatni o‘tash vaqtida serjant M. o‘zi xizmat o‘tayotgan korxonaning ko‘makchi hovlisi hududini tozalashdan bosh tortdi. Korxona direktori M.da bungacha ishga doir tanbeh bo‘lmaganiga qaramay, M.ni chorak uchun mukofotdan mahrum qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.
Kim haq? Nizoni hal etishga doir o‘z fikringizni ayting. Demokratik jamiyat qonunlarini harbiy xizmatda qo‘llash mumkinmi, siz nima deb hisoblaysiz?