“mehnatni tashkil etish va boshqarish” fanidan kurs ishi



Yüklə 148,36 Kb.
səhifə3/4
tarix04.05.2023
ölçüsü148,36 Kb.
#107192
1   2   3   4
Mehnatni tashkil etish va boshqarish

Ehtiyojlar ro’yxati



Biologik ehtiyoj - suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur boshqa narsalar - uy-joy, kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, avlodni davom ettirishga ehtiyoj.
Ijtimoiy ehtiyoj - millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o‘z shaxsini, erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o‘z qobiliyatini namoyon etish, boshqalar tomonidan o‘sish qobiliyatlari e‘tirof etilishiga ehtiyojdir. Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga rag’batlantirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir.
Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub‘ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, balki korxona inson uchun zarurdir.
Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko‘pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob‘ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson bir tomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiqot ob‘ektidir.
Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko‘pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob‘ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson bir tomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiqot ob‘ektidir.
Shaxs - individga jamiyat a‘zosi sifatida tavsif beruvchi ijtimoiy muhim xususiyatlarning barqaror tizimidir. 2
Ayni paytda shaxs bilan birga insoniyat avlodiga mansub alohida vakil - individ hamda ushbu individni boshqalardan farqchovchi xususiyatlar yig‘indisi - individuallik tushunchalari ham mavjuddir.
Mehnatga rag’batlantirish va rag‘batlantirish tizimi muayyan asos - mehnat faoliyatining me‘yoriy darajasiga tayanishi kerak. Xodimning mehnat
munosabatlariga jalb etilishining o‘zi uning oldindan kelishilgan, muayyan ish haqi hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini nazarda tutadi.
Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish uslublari charchashning salbiy oqibatlari va ular bilan bog‘liq mehnat unumdorligining pasayishiga barham beradi. Ishning zeriktirishini kamaytirish maqsadida ish hajmini kengaytirish buning bir vositasidir. Bu xodimga bir-biri bilan bog‘liq xilma-xil vazifalarni o‘z kasbiy malakasi darajasida hal etishiga imkoniyat yaratadi. Ish mazmunini boyitish katta malaka talab etadigan vazifalar qo‘yish, qaror qabul qilish mas‘uliyatini oshirish, ayrim tashabbuslarni ko‘tarishda kenfoq erkinlik berishga asoslangan.

O’zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki ― Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining ―O’zjamg’armabankni


O’zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to’g’risida" 1995 yil 4 oktyabrdagi 386-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bankning firma nomi: davlat tilida: to’liq – O’zbekiston Respublikasi
Davlat-tijorat Xalq banklari, qisqartirilgan holda - Xalq banki.
Bank o’z firma nomidan mutlaq foydalanish huquqiga ega. Bank ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bankning muassislari hisoblanadilar.
Bank yuridik shaxs hisoblanadi hamda o’zining filiallari va alohida bo’linmalari bilan yagona tizimni tashkil etadi. Bank o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo’ladi.
Bank aholi omonatlarining saqlanishi va ularning o’z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi mulkiy, moliyaviy, boshqa majburiyatlar va talablar bo’yicha "O’zjamg’armabank"ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Bank o’z firma nomi to’liq yozilgan va O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga, shuningdek shtamplarga, o’z nomi davlat tilida va boshqa tillarda yozilgan blankalarga ega bo’ladi. Bank o’z emblemasiga va vizual identifikatsiyalashning boshqa vositalariga ega bo’ladi.
Bank o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi.
Bank o’z majburiyatlari bo’yicha o’zining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar oladi, sudda da‘vogar hamda javobgar bo’ladi.
Bank o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Bankning operatsiyalari:
-Jismoniy va yuridik shaxslarga keng doiradagi yuqori sifatli bank xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko’rsatish, shu jumladan ko’rsatib o’tilgan shaxslardan pul mablag‗larini omonatga jalb qilish, kredit-hisob-kitob va boshqa xil bank operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek o’z faoliyatidan foyda olish Bank faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
-jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
-omonatlarni jalb etish;
-kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
-mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish;
-chet el valyutasini naqd pul va naqd bo’lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
-cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
-pul mablag’larini inkassatsiya qilish, shu jumladan o’zining inkassatsiya xizmati orqali mijozlarning pul mablag’larini inkassatsiya qilish;
-qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
-bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko’rsatish;
-jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po’lat sandiqlarni ijaraga berish;
-moliyaviy lizing;
-xalqaro bank amaliyotiga muvofiq litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Ayni paytda, Hukumatning doimiy ravishda qo'llab quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida Hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas'uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
Bugungi kunda, Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 hududiy va tuman (shahar) filiallari, 33 ta mini-bank va 1 000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalari iqtisodiyotning real sektoriga - kichik biznes sub'ektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va etarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
Bank aktsiyadorlari: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%); O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%).
Bankning reytinglari: «Standard & Poor's» uzoq muddatli va qisqa muddatli reytingini B+ darajasi bilan tasdiqladi;
«Ahbor-Reyting» bankning reytingini milliy shkala bo'yicha «uzA» yuqori darajasida «Barqaror» prognozi bilan 2019 yil iyun oyida tasdiqladi.3
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmuasi tushuniladi. Bunday struktura odatda ―boshqaruv apparati strukturasi‖ deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining bo’limlari tarkibini bildiradi.
Har qanday mеnеjmеntning tadbirkorlik xususiyati va mulkchilik turidan qat'iy nazar eng muhim ikki vazifasi mavjud:
mukammal va samarador tashkiliy tuzilmani tashkil etish va undan foydalanish;
qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ichki
nazorat tizimini yaratish.
Yangi iqtisodiy va tadbirkorlik muxitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun mеnеjmеnt mehnat rеsurslarini boshqarish bo‘yicha dеpartamеnt tashkil etishga munosib e'tibor bеrishi zarur.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish strukturasi bilan ham ifodalanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob‘ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Bank maqsadiga erishish - xizmat ko‘rsatishda yuqori samaradorlikni ta‘minlash xodimlar o‘z xizmat vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko‘rsatib bajarishiga bog‘liq. Buning uchun xodimlar o‘z ishlariga chinakamiga qiziqishlari kerak. Xodimlar ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga rag’batlantirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir. Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub‘ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson tashkilot uchun emas, balki tashkilot inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Rag’batlantirishning boshqaruvdagi hamda shaxsiy-psixologik mazmuni o‘zaro bog‘liqligi personalni boshqarishda texnika tizimlarini boshqarishdan farqli o‘laroq, boshqaruv ob‘ekti va sub‘ekti maqsadlarining muvofiqlashtirilishi bilan belgilanadi. Bunday muvofiqlashtirish turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu jarayonda albatta ikki tomon - ob‘ekt ham, sub‘ekt ham ishtirok etadi.
Buning natijasida esa boshqaruv ob‘ektining muayyan mehnat faoliyati, pirovard natijada bu faoliyatning muayyan natijasi bo‘ladi. Rag’batlantirish jarayoni negizida qiziqishning moddiy, ijtimoiy-psixologik, ma‘naviy, ijodiy va boshqa omillari yotadi.
Bank boshqaruvi asosida avvalambor, odamlar bilan ishlay olish mahorati yotadi, shu bois banklar boshqaruvining muhim tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni boshqarishdir. Sir emaski, mehnat resurslari sifati ularning bank oldida turgan maqsadlarini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi hamda bank faoliyatining sifatini ko‘p jihatdan xodimlar bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq.
Bank uchun kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalana oladigan, o‘z ishini muntazam ravishda takomillashtirishga intiladigan mutaxassislar kerak. Bunday sharoitda yuqori ishchanlikka ega jamoani shakllantirish uchun xodimlar sonini rejalashtirish va istiqbolini belgilash, uning kasbiy darajasini oshirish va mutaxassislarni maqsadga muvofiq holda tanlash, barcha turdagi mukofotlashlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish lozim.
Xulosa qilib aytganda, Xalq banki jamoasi o’z oldiga doimiy ravishda yangi strategik maqsad va vazifalarni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifat jixatidan yangi bosqichga chiqishiga, raqobatbardoshlikka erishishga, investitsion jozibadorlikni ta‘minlashga, boshqaruv va texnologii jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlari bozorida qator ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori mavqeni egallashga xizmat qilmoqda.


Yüklə 148,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin