“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDA TROPLARNING ISHLATILISHI
Xolmanova Faridaxon Abdumo`minovna
Andijon viloyati, Bo`ston tumani, 26-DIMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Mehrobdan chayon” romanida troplarning
ishlatilishi tadqiq qilingan.Shuningdek, “Mehrobdan chayon” romanining til
xususiyatlarini tahlil qilish shu bilan birga Qodiriyning o‘ziga xos so‘z tanlashi, so‘z
qo‘llashi, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishi asosida namoyon bo‘luvchi badiiy
til mahorati ochib berilgan.
Kalit so`zlar: trop, she`riy asar, uslub, roman, lingvopoetika, lisoniy tahlil.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТРОПОВ В РОМАНЕ «МЕХРОБДАН ЧАЁН»
Холманова Фаридахон Абдумщминовна
Андижанская область, Бустонский район, 26-ГСШИ
Аннотация: В статье исследуется использование тропов в романе
“Мехробдан чаён”, а также анализируются лингвистические особенности
романа «Мехробдан чаён» проявляются навыки художественного языка.
Ключевые слова: троп, поэтическое произведение, стиль, роман,
лингвопоэтика, лингвистический анализ.
THE USE OF TROPES IN THE NOVEL "MEHROBDAN CHAYON"
Xolmanova Faridaxon Abdumo`minovna
Andijon region, Bo`ston district, 26-SSBS
Abstract: This article examines the use of tropes in the novel “Mehrobdan
chayon”. Also, the analysis of the linguistic features of the novel “Mehrobdan
chayon” the artistic language skills that are manifested are revealed.
Keywords: trop, poetic work, style, novel, lingvopoetics, linguistic analysis.
Abdulla Qodiriy faqat nasriy asarlarida (hikoya, qissa, romanlarida) emas, balki
she’riy asarlarida ham xalq tilining boy imkoniyatlaridan, ularning lisoniy va badiiy
shakllaridan mohirona foydalandi. Ma’lumki, she’riy asar ham, nasriy asar ham
badiiy matnga asoslanadi. Lingvopetika hodisasi har ikkala matn uchun umumiy shart
bo‘lib, unda har bir janrga, adib uslubiga mos holda namoyon bo‘ladi. O‘z ijodini
she’riyatdan boshlagan Qodiriy bu haqiqatni chuqur anglab asar tili badiiyatiga
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
177
barcha asarlarida, jumladan romanlarida ham katta e’tibor berdi. Shu sababli uning
she’riyatdagi ilk tajribalari nasrga o‘tishda yanada boyidi va takomillashdi. Shu bois
“Mehrobdan chayon” romanidagi lingvopoetika xususiyatlarini aniqlashda
muallifning she’riy asarlaridagi izlanishlarini, ya’ni badiiy san’atlar, tasvir
vositalarini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Ular haqida muxtasar ma’lumot berish
birinchidan, Qodiriyning iste’dodli shoir ekanidan dalolat bersa, ikkinchidan, nasriy
asar poetikasining she’riyat badiiyati bilan aloqasini ko‘rsatadi.
Lisoniy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik
talabi, avvalo, o‘rganiladigan badiiy asarga istalgancha tarkibiy qismlarga ajratib
tashlash mumkin bo‘lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi.
Darhaqiqat, asl san’at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining ichki butunligiga daxl
qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil yordamida
barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirish ham ko‘zda tutilar ekan, shaxs faqatgina
yaxlit holda shakllantirilishi hisobga olinishi zarur. Chunki insonga avval aqliy, so‘ng
axloqiy, so‘ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so‘ng vatanga muhabbat,
ulardan keyin insonparvarlik tarzidagi sifatlarni singdirib bo‘lmaydi. Inson yo turli
omillar ta'sirida bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir shaxs sifatida
shakllanadi yoxud hech qachon to‘la ma'nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi. Ezgu
insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo qiladi, biri boshqasidan kelib
chiqadi, biri o‘zgasini keltirib chiqaradi.
Agar badiiy asarga mo‘jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmaydigan bo‘lsa,
uning sir-u jozibasi bir zumda yo‘qqa chiqadi va adabiy asar o‘ziga xos ta'sir
qudratidan tamomila mahrum bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan asarning barcha jihatiga
birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha bilish va uning qismlaridagi jozibani kashf
etishga e’ibor qaratish tahlilning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omildir.
Badiiy asarning lisoniy tahlilida amal qilinishi zarur bo‘lgan tamoyillardan yana
bir tizimlilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo‘lib,
tahlil kechimida badiiy asarni tashkil etgan unsurlarning muayyan tizimli ko‘rinishga
ega bo‘lishi hisobga olinishini talab qiladi. Asl san’at asarida biri ikkinchisiga bog‘liq
bo‘lmagan biror badiiy unsur uchramaydi. Demak, har qanday san’at asari tizimdir va
u muayyan ost hamda ust tizimlardan iborat bo‘ladi. Har qanday badiiy butunlik
nimadandir kichik, binobarin, qandaydir butunning qismi va nimadandir katta,
binobarin, qandaydir qismga nisbatan butun hisoblanadi.
Shuni ham aytish kerakki, ko‘chim, portret, o‘xshatish, peyzaj, mubolag‘a,
kichraytirish singari qator tasvir vositalari, turli-tuman badiiy san'atlar bir asar
vujudiga tasodifiy ravishda yig‘ilib qolmaydi. Ularning ayni shu asarda, ayni shu
tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy-kommunikativ, tasviriy-ifodaviy qonuniyati
mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun ham
tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis tizimlilikka amal qilishi lozim.
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
178
Badiiy tilning tasviriyligi nasriy(epik) asarlarda yanada yorqinroq namoyon
bo‘ladi. Lirik asarlarda tasvirlangan tashqi manzara link qahramon ichki olamiga olib
kiruvchi vositagina (ya’ni, unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur
fragmentlarigina qalamga olinadi) bo‘lsa, epik asarlarda tasvirlangan badiiy voqelik
o`zicha mustaqil, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham epik asarlarda
tasvirlangan ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan voqelik o‘quvchi xayolida ham jonlanadi.
O‘quvchi asar voqealari yuz berayotgan joy, qahramonlaming xatti- harakatlarini
go‘yo ko‘rib turadi.
Lirik asar tilining emotsionalligi ko‘proq lirik qahramonning konkret paytdagi
(lirik asarda badiiy vaqtning juda qisqaligi, “hozir” bilan belgilanishini e`tiborga olish
zarur) kayfiyati, holati, kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lsa, epik asarda
emotsionallikning namoyon bo‘lishi o‘zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi
emotsionallik birinchi galda tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog‘liqdir. Epik
asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o‘zgarishi barobari emotsionallik . ham
o‘zgarib boradi.
Badiiy nutq ikki shaklda: sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir.
Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o‘xshash bo‘lsa, she’riy nutq
muayyan bir o‘lchovga solingan, hissiy to‘yintirilgan nutq sanaladi. Nasriy nutq epik
va dramatik asarlarning asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, she'riy yo‘lda
ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak. She’riy nutq
esa lirik asarlarning asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda,
uning уana monologik va dialogik shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli
bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot
chog‘idagi bir necha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq,
dramatik asarlarda dialogik nutq yetakchilik qilsa, epik asarlarda ularning har ikkisi
ham keng o‘rin tutadi. Bunda muallif nutqi asosan monologik shaklda bo‘lsa,
personajlar nutqi asosan dialogik shakldadir.
Navbatdagi masala - “badiiy til”, “adabiy til” va “milliy til” munosabati.
Ma'lumki, umumxalq tili (milliy til) deganda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning
barchasi - yashash xududi, ijtimoiy tabaqaga mansubligi, mashg‘ulot turi va
boshqalardan qat’iy nazar foydalanadigan til tushuniladi. Adabiy til deganda esa
umumxalq tilining grammatik, imloviy va orfoepik jihatlardan me'yorlashtirilgan
shaklini tushunamiz. Badiiy til umumxalq tili bazasida shakllanadi va qisman adabiy
til me’yorlariga yaqinlashadi. Shu bilan birga, badiiy til adabiy til me'yorlaridan o‘rni
bilan chekinadi(mas., shevaga xos unsurlarning ishlatilishi).
Badiiy til o‘zida milliy adabiyotimizda uzoq davrlardan beri shakllanib kelgan
an'analarning davomchisi sanaladi va shu bois ham unda uning o‘zigagina xos
bo‘lgan unsurlar (an'anaviy sifatlashlar, ramz va majozlar,o‘xshatishlar) majmui ham
mavjuddir.Badiiy matn-lisoniy va estetik xususiyatga ega. Bu xususiyat asar tilidagi
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
179
san’atlar, tasviriy vositalar, ko‘chimlar kabi umumfilologik tushunchalarda aks etadi.
Darhaqiqat, “badiiy san’atlarda so‘zlarning lafziy- ma’noviy bezaklari diqqat
markazida turadi, tasvir vositalarining qo‘llanishi adabiy asar tilini shirali, bo‘yoqdor,
jozibali qiladi” . Qodiriyning she’rlarida va romanlarida bu holning yorqin ifodasini
ko‘ramiz. Chunonchi, ulardagi badiiy san’atlar asarda ifodalangan g‘oyalarning
hayotiy, ta’sirchan ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq
gavdalantirishga, bayt tasvir va bayonnning lafziy nazokati, his- tuyg‘uni, ifoda
musiqiyligi va o‘qishligini ta’minlashga xizmat qiladi. Adib qalamiga mansub
nazmiy va nasriy matnlardagi badiiy vositalar esa obrazli fikrlashga, o‘quvchi qalbini
to‘lqinlashtirishga, so‘z mo‘jizasini ifodalashga qaratilgan. Bu hol shoirning ilk
she’rlarida ham, “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarida ham
ko‘rinadi.
Har qanday badiiy nutq nazariyasida ko‘chimlar markaziy figura sifatida
qaraladi, chunki ko‘chimlarning aksariyati badiiy nutqqa emotsionallik, ekspressivlik,
ta’sirchanlik, obrazlilik kabi muhim sifatlarni beradi.
O‘xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa,
badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda
foydalanib kelinadi. Bu muhim va keng qo‘llanuvchi vosita tilimizda xalqimizning
tarixiy-madaniy tajribalari, badiiy tasavvurlarining natijalari sifatida yuzaga kelgan
bo‘lsa, badiiy asarda so‘z ustasining kuzatuvchan ziyrak nigohi teran va badiiy
didining mahsuli sifatida yuzaga keladi.
O‘xshatishlarning lisoniy, mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o‘zbek
tilshunosligida ancha keng tadqiq qilingan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra har
qanday o‘xshatish tilda ifodalanar ekan, albatta, to‘rt unsur ko‘zda tutiladi, ya’ni: 1)
o‘xshatish subyekti; 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning
shakliy ko‘rsatkichi. Bu yerda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, har qanday
o‘xshatishning lingvopoetik asosini o‘xshatish etaloni tashkil etadi.
O‘zbek tilida o‘xshatishlar ayni shu etalonning original yoki original emasligiga
ko‘ra an’anaviy va xususiy-muallif o‘xshatishlariga ajratiladi. Ma’lumki, nutqimizda
ayiqday qo ‘pol, qo ‘yday yuvosh, tulkiday ayyor, paxtaday oq, toshday qattiq kabi
bir qator o‘xshtishlar bor. Bu o‘xshatishlar og‘izdan- og‘izga, asrdan-asrga o‘tib
kelayotganligi uchun ham ularning o‘xshatish etalonlari o‘z originalliklarini yo‘qotib,
an’anaviy tus olgan.
An’anaviy o‘xshatishlar ko‘p ishlatilaverib, o‘z oxorini yo‘qotgan, o‘xshatish
etalonlari tegishli tushunchalarning doimiy ifodachilariga aylanib qolganligi tufayli
avvaldan bilingan, kutilgan tasviriy vosita sifatida o‘z obrazliligi, emotsional-
ekspressivligini kamaytirgan bo‘lishi tabiiy.
“Mehrobdan chayon” romanida bunday an’anaviy o‘xshatishlarni ko‘plab
uchratish mumkin. Masalan, “Uning yonida bo‘z yaxtak bog‘ichini osiltirib,
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
180
xandalakdek bo‘qog‘i bilan o‘ng tomog‘ini ziynatlagan o‘rta yashar yana bir “husni
Yusuf” ko‘rinar edi. Uning qatorida oshlovdek cho‘ziq yuzlik, oq bo‘z ko‘ylagi yerda
to‘rt enlik ko‘tarilib, bo‘z sallasi gardani aralash o‘ralg‘an uchunchi nozanin o‘lturar
edi” (70-bet).
Odatda bir predmet-holat boshqasiga muayyan bir belgiga ko‘ra emas, balki
butunicha, to‘laligicha, aynan o‘xshatilmoqchi bo‘lsa, o‘xshatish asosi bevosita
ifodalanmaydi. Bunda o‘xshatishning shakily ko‘rsatkichi sifatida ko‘pincha
o‘xshamoq fe’lidan foydalaniladi: Yurtning vajohati buzuq, taqsir. Gap ko‘tarmay
qoldi. Asad oyida ro‘za tutgan bangiga o‘xshaydi, taqsir. Misolda asad oyida ro‘za
tutgan bangi birikmasi o‘xshatish etalonini ifodalagan.
Romandagi o‘xshatishlarning aksariyatida o‘xshatish asosi harakat-holatdan
iborat, ya’ni fe’l turkumidagi so‘zlar (ko‘pincha, ularga boo‘langan boshqa so‘zlar
bilan birgalikda) bilan ifodalangan. Bunday bo‘lishi ham tabiiy, chunki u yoki bu
belgiga qaraganda, harakat-holatni ifodalash, ko‘rsatish, butun o‘ziga xosligi bilan
tasvirlash murakkab. Albatta, bunda ham yozuvchi tomonidan tanlanadigan
o‘xshatish etalonining kutilmaganligi, yangiligi muhimdir: “Shamol dam ko‘tarilib,
dam bosilar edi. Shamol asnosi gullar ham kelinlar kabi har tomong‘a egilishib salom
berishib olar edilar”(102-bet) misolida gullarning shamolda egilishi kelinlarning
salomga egilishiga o‘xshatilgan, ya’ni o‘xshatish asosi harakat bo‘lib, u egilmoq fe’li
bilan ifodalangan. Kelinlarning egilib salom berishi o‘xshatish etaloni sifatida
tanlanishi, avvalo, harakatning nozikligini aniq tasvirlash imkonini bergan, qolaversa,
etalonning kutilmaganligi tasvirga ekspressivlik baxsh etgan.
Adib ko‘p hollarda harakatdagi yoki muayyan holatdagi o‘xshatish etalonlarini
tanlaydi. Bu harakat yoki holat ko‘pincha sifatdosh yoki sifatdosh oboroti
orqaliifodalanadi va bu sifatdosh yoki oborot bevosita etalonni ifodalaydigan
bo‘lakka aniqlovchi bo‘lib keladi. Masalan: Maxdum, mehmonxonadan yurib kelgan
oyoq tovushini eshitib, yomanlag‘an otdek tipirchiladi. Eshon bo‘lsa hamon bulbul
kabi sayrab borar edi. (164-bet) Bu o‘xshatishning ma’no-mazmuni shu qadar to‘q va
ta’sirchanki, Qodiriyning til sezgisidan, tilni qahramon ruhiyati va milliy tasavvur
bilan uyg‘unlashtira olishdan hayratga tushmaslik mumkin emas.
Bir narsa boshqasiga aynan, butunligicha, o‘xshatilganda, o‘xshatish asosining
qo‘llanmasligi asosiy holatdir. Bunda, aytish mumkin bo‘lsa, fotografik tasviriylik
yuzga keladi, ya’ni o‘xshatilgan narsa ko‘z oldimizda gavdalanadi: “Sirlar bilan
turlangan qoziqlarning biriga beva xotinning dekchasidek bir salla ilingan edi. ” (267-
bet).
Romanda metaforalarning ham ko‘p o‘rinlarda qo‘llanilganligini ko‘rish
mumkin. Metafora aslida nomi yo‘q bo‘lgan narsa-tasavvurlarga nom berish, ularni
atashning eng muhim vositalaridan biridir. Ammo bu vositadan foydalanish faqat ana
shu ehtiyojgagina bog‘liq emasligini, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o‘chlik bilan
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
181
aloqadorligini, nomi bor narsalarni ham metaforik yo‘l bilan ifodalashga insonda
ichki bir tabiiy intilish mavjudligini mutaxassislar alohida ta’kidlaydilar. Metaforalar,
ayniqsa, xususiy-muallif metaforalari ko‘proq estetik maqsad, ya’ni borliqni
subyektiv munosabatni qo‘shib ifodalagan holda nomlash asosida yuzga keladi.
Shuning uchun ham ularda hamisha konnotativ ma’no mavjud bo‘ladi. Romanda
an’anaviy metaforalar ham, xususiy-muallif metforalari ham juda katta mahorat bilan
qo‘llangan.
Konnotativ ma’noning hosil bo‘lishida ko‘chimlarning muhim rol o‘ynashini
alohida ta’kidlagan tadqiqotchilar quyidagicha yozadilar: “Metafora orqali ma’no
ko‘chishida konnotativ ma’no yorqinroq aks etadi. Masalan: ot, eshak, qo‘y, ho‘kiz,
it, bo‘ri, yo‘lbars, tulki, boyo‘g‘li, musicha, burgut, lochin, qaldirg‘och, bulbul kabi
hayvon va qushlarning nomlari bo‘lgan ot leksemalar mavjudki, bu so‘zlar o‘z
ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noda juda keng qo‘llanadi. Otning baquvvatligi,
eshakning aqlsizligi, ho‘kizning farosatsizligi, itning vafodorligi, mushukning
epchilligi, burgutning changali, burgutning ko‘zining o‘tkirligi kabi tipik
xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda ko‘chiriladi, natijada
konnotativ ma’no yuzaga keladi hamda matnning ta’sirchanligi oshadi”.
“Mehrobdan chayon” romanida an’anaviy metaforalar ham, xususiy-muallif
metaforalari ham juda katta mahorat bilan qo‘llangan.
Qodiriy romanda an’anaviy metaforalarga ham o‘ziga xos badiiy-estetik yuk
qo‘ya bilgan. O‘zbek tili an’anaviy metaforalarga juda ham boy, unda o‘zbek xalqi
tashqi dunyoni, insonniy botininy dunyosini nozik badiiy tafakkur bilan idrok etishi
go‘zal shakllarda o‘z ifodasini topgan. Masalan: “-Omin de, ho‘kizlar!-dedi. Ular
“omin-omin” deb turdilar.” (182-bet), “-Bu xon yo‘q, bu dayus!...” (287-bet).
Qodiriyning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiy-muallif metaforalari tasvirning
tiniqligi, obrazliligi vat a’sirchanligini ta’minlash uchun xizmat qilgan: “Ra’no
uyalib, boshini chaqaloqning bag‘riga tiqib oldi”, “Madalixon ham shu qizning
dardida necha yillar yonadir”, “Sultonali yengil kulib qo‘ydi”, “-Shu bevafo dunyoga
bir ish qilamiz, Qobilboy, -dedi yana ko‘zi olalangan Rahim.-Dayusingni zindoni
qayerga?”.
Tasviriy vositalarning orasida eng ko‘p qo‘llanadigan va badiiy nutqda, badiiy
asarlarda juda qadimdan ishlatilib kelinadigan turi jonlantirish hisoblanadi.
Ma’lumki, jonlantirishda insonga xos xususiyatlar hayvonlar, jonsiz predmetlar va
tabiat hodisalariga ko‘chiriladi. Ayrim adabiyotlarda jonlantirish metaforaning turi
sifatida ta’riflansa, ayrimlarida allegoriya va apostrofaga o‘xshab ketishi, ular
o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatib beriladi.
Jonlantirishga o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil tasviriy vosita
sifatida qarash ham o‘rinli. Sababi, unda insonga xos harakat, his-tuyo‘u, so‘zlash,
fikrlash jonsiz predmetlarga ko‘chirilsa ham, lekin ular orqali inson tushunilmaydi.
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
182
Jonsiz predmetlar inson kabi harakat qiladigan, so‘zlaydigan qilib tasvirlanadi. Bu
usul orqali yozuvchi tasvir obyektini bo‘rttirib, jonlantirib, yorqin va ravshan
tasvirlab berish imkoniyatini yaratadi.
Beqiyos adib Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida jonlantirish usulidan unumli
foydalanib, uni mohirona qo‘llab, yangi poetik timsollar yaratishga erishgan. Adib
xususiyat, harakat, belgini jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlashning hech kimda
uchramagan ko‘rinishlarini yaratgan. Bunday san’atkorona tasvirlarni yozuvchining
“Mehrobdan chayon” romanida ham ko‘plab uchratamiz. Bu holat, ayniqsa, Solih
maxdumning kiyim-boshi tasvirida yanada jonliroq ifodalanganligini ko‘rish
mumkin:
“Yetti qishdan beri guppi-chopon yangilagani ma ’lum emas, faqat qish kelib
ketkan savin alak guppining yengi o‘zgaribkina turadir va astari yil sayin yangidan
yangi yamoqlar bilan boyiydir, shu guppi butun umrida birgina marotaba va shunda
ham maxdumdan beruxsat ammo, Nigor oyimning zo‘ri bilan tog‘oraga tushib
cho‘mildi. Bu kunda bo‘lsa to‘rt yil burung‘i g‘usli , yetiyillik tusi, turlik-turlik
yamoo‘I bilan sakkizinchi qish maxdum pochchasig‘a sodiqona xizmat qilish uchun
bogjoma ichida o‘ziga kuch yio‘ib yotadir” . Bu misollarda jonlantirishning shaxs
bilan bog‘liq turi-tashxis qo‘llanganini ko‘ramiz. Adib bu vosita orqali samimiy kulgi
uyg‘ota olgan.
Romanda insonga xos xususiyatlarning jonsiz predmetlarga mohirona
ko‘chirilganini ko‘ramiz:
“Ra’no kelib Mansurni turg‘izdi va kiyimiga o‘lturgan changlarni qoqti...”. (31-
b.).
Asarda tabiat tasvirini ifodalashda ham jonlantirish usulidan ustalik bilan
foydalanilgan: “ O‘n ikki- o‘n uch kunli oy ko‘kning sharqi, janubi qismidan
tussizgina bo‘lib ko‘tarilib kelmakda, quyosh botqan sayin uning chehrasi har zamon
ochilib bormoqda edi”. (114-b.). Bu matnda quyosh botishi bilan o‘n ikki- o‘n uch
kunlik oyning yanada yorqinroq namoyon bo‘lishini tasvirlashda oyga insonga xos
chehrasi ochilishi holati ko‘chirilgan va bu bilan matn ta’sirchanligi yanada oshgan.
Quyidagi misolda ham jonlantirishmatnning ta’sirchanligini yanada oshirish
maqsadida qo‘llanilganini ko‘ramiz: “... Sufa ustidagi so‘ri har zamon to‘rt tamong‘a
chayqalib, o‘z ostida o‘tirg‘uchilarning betlarini goh ko‘rsatib, goh yashirib, ular
bilan o ‘ynashqandek tevarakka husayni o‘ujumlarini bir-ikki bora uzib tashladi”.
(119-b.).
Ayniqsa, asarning Ra’no bilan Anvarning ilk yashirin uchrashuvi tasvirlangan
bobida jonlantirish vositasidan shu qadar mohirona foydalanilgan-ki, asarda
kechayotgan voqealar kitobxon ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan kabi tasavvur
uyo‘otadi:
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
183
“Ra’no Anvarning qarshisig‘a o‘lturdi. O‘lturishi bilan kuchlik shamol yurib
boshidagi ro‘molni uchurdi va olib borib Anvarning betiga yopti”. (120-b.). “...
Shamol go‘yo ko‘maklashkan kabi orqadan esib, Ra’noni Anvar tomong‘a mayl
etdirar edi. Terak orqasida qolg‘an oy ham kuchlikyelning ko ‘magida terak boshidan
bularga mo‘ralab oldi. Ikki yoshning hozirgi holini yaqidan tomosha qilmoqchi bo
‘lg‘an tussiz bir yulduz ko‘k sahniningyergayaqinroq qismig‘a uchib tushdi... ”. (122-
b.). Bu kabi tasvirlar shubhasiz adibning borliqqa o‘zgacha bir shoirona nigoh bilan
qarashining samarasidir.
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida jonlantirishning betakror
namunalarini yaratib, ular orqali go‘zallik, tabiat jilosi, samimiy kulgu, inson
xarakteri va holati, muhabbat va nafrat tuyg‘ularini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yorqinroq
gavdalantirishga, asarning oson tushunilishiga erishgan.
Dostları ilə paylaş: |