Междуродная конференция академических наук



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100944
1   2   3   4   5
Icas2321

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
82 
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy 
Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, 
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shartsharoitni yaratish 
borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. 
Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim 
texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda 
yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi 
“o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va 
vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va 
laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, 
material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar 
ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya 
baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim 
texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor 
talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga 
amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, 
ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni o‘zatish xizmatini sifatli 
tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu 
borada olib borilgan tadqiqotlarning obyekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik 
vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, 
shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini 
o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish 
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila 
boshlandi. Dasturiy ta’lim ta’lim oluvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism 
holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini 
yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQShda faoliyat 
yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan 
Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni 
o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining 
aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini to‘laligicha qayta 
tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi. Pedagogik tizim elementlarning 
juda chidamli va mustahkam majmuidir.
V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra qaysi davr pedagogik sistemasi bo‘lmasin u o‘zaro 
bog‘langan quyidagi elementlardan iboratdir: 
1) 
ta’lim (tarbiya)maqsadi (umumiy va xususiy);



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin