Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


II.4.2. «Son+ot» qolipli qo‘shma terminlar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə21/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

II.4.2. «Son+ot» qolipli qo‘shma terminlar
Hunarmandligida xilma-xil ma’nolarni ifodalash maqsadida «son+ot» qolipli qo‘shma terminlar ham ko‘p uchraydi. Bunday tashkil qilgan va til qoidalariga ko‘ra ajratilgan so‘zlar gruppasidir» (O‘zbek tili grammatikasi, II, 1976, 18). O‘zbek tilida birikmalarning yana bir turi mavjud bo‘lib, u nominativlik, ya’ni voqelikni nomlash vazifasini bajarib keladi.Ikki qalqon,qo‘sh yulduz, ikkilik tunuka, uch qubba, sakkiz qo‘l, chorpoya.
O‘zbek tilining barcha terminologik sistemalarida, jumladan, kasb-hunarmandlik sohasida ham qo‘llab kelingan va kelinayotgan minglab birikma terminlar haqida ham shunday deyish mumkin. Gilamning 10 dan ortiq turi to‘qiladi: arabi (aravi) gilam, taqir gilam, taqillovuq gilam, pat gilam, jo‘lbaroq gilam, eroni gilam, afg‘oni gilam, urguti gilam, turkmani gilam kabilar. Giponimik munosabatning turterminlari hisoblanmish bu birikmalar gilamlarning biror jihati bilan farq qilib turishini anglatishi tabiiydir. holbuki, ularning har birini tub yoki sodda leksema bilan ifodalash juda mushkul. Shuning uchun ham bunday turdagi gilamlarning har bittasi tegishli birikmalar vositasida ifodalanadi.


Bob bo‘yicha xulosa
1. O‘zbek adabiy tilida tushunchalarni ifodalash maqsadida leksemalar hosil qilishning beshta usulidan u yoki bu darajada foydalaniladi. Terminologik sistemalarda esa bu usullarning faqat uchtasi amal qiladi: 1) semantik usul; 2) affiksasiya usuli; 3) kompozisiya usuli;
2. O‘zbek tilining terminologik sistemalarida leksemalarning ma’nosini ko‘chirish yo‘li bilan terminlar hosil qilish bir xil darajada emas. Aniq fanlar terminologiyasida semantik usul bilan yuzaga kelgan terminlar ancha kam bo‘lsa, kasb-hunarmandlik terminologik sistemasida, aksincha, nihoyatda ko‘pligi bilan ajralib turadi.
3. Hunarmandchilikka oid terminlar guruhida sof semantik hamda semantik-sintaktik usullar bilan yasalgan terminlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Semantik usul bilan terminlarning paydo bo‘lishida metaforaning, ayniqsa, o‘xshatish turidan keng foydalaniladi.
4. Adabiy til doirasida affiksatsiya usuli bilan leksemalar yasash muhim o‘rinni egallaydi. Terminologik sistemalarda ham shunday holat amal qiladi. Biroq, adabiy tilda faol ravishda leksemalar yasovchi ayrim affikslar terminologik sistemalarning ba’zilarida nofaolligi bilan farqlanib turadi. Yoki, aksincha, qator affikslar terminologik sistemalarda faollik kasb etadi. -do‘z, -do‘zi, -po‘sh kabi affikslar kasb-hunarmandlikning hunarmandchiliklik sohasida faol ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sohalar terminlarining yasalishida -cha, -lik, -ma, -k (-q), -chi, -i (sh), -i singari affikslar ishtirok etgan.
5. Kasb-hunarmandlikka doir terminlarni hosil qilishda kompozitsiya usul bilan yasalgan «ot + ot», «son + ot» qolipli qo‘shma so‘z/ter-minlardan ham keng foydalanilayotir. Ayniqsa, «ot + ot» («aniqlovchi + aniqlanmish, to‘ldiruvchi + to‘ldirilmish»), «sifat + ot» («asliy sifat + ot, nisbiy sifat + ot»), «-lik affiksli leksema + ot», «-q affiksli leksema + ot», «-v affiksli leksema + ot», «-ki affiksli leksema + ot», «-i affiksli leksema + ot» qolipli birikmalar o‘zining ancha mahsuldorligi bilan ajralib turadi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin