Men, 021 yil fevraldan 2021 yil 13 martgacha "Hamkorbank"atb yunusobod filialida tanishuv amaliyotni o’tadim


-mavzu. Amaliyot obyektining faoliyati



Yüklə 53,53 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü53,53 Kb.
#40207
1   2   3   4   5   6
Hamkorbank ATB

1-mavzu. Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish

To’liq rasmiy nomlanishi: “Chet el kapitali ishtirokidagi Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki.

Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: ”Hamkorbank”ATB. ”Hamkorbank”ATB O’zbekiston Respublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi bank o`z faoliyatini dastlab Andijon shahrida “Andijonbank”nomi nilan boshlagan.Bank 30 yil respublikamizning barcha ma`muriy mkntaqalarini qamray olgan, keng tarqalgan filiallar tarmog`ini shakllantirdi. Hozirda Bank 170 dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega boʻlib, 46 ta filial, 129 ta mini-bank faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, bank 5 ta sho’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya banki (FMO) va responsAbility investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.

Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.

Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.




Yüklə 53,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin