Men tanlagan soha oav



Yüklə 9,23 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü9,23 Kb.
#183863
Publitsistik nutq uslubi



Mavzu: Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. "Men tanlagan soha OAV" mavzusida esse yozish

Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.


Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.

Matn va uning ko‘rinishlari


Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning
nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda
qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi.
Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog).
Yüklə 9,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin