Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital Tadbirkorlik kapitali unumli shaklining doiraviy aylanishi ishlab chiqarishning muommalaga nisbatan yetakchi rol o’ynashini ochib beradi: ishlab chiqarish birinchi o’ringa qo’yiladi, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiymatlari tashkil topadi.
Kapital o’z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko’rinishi umumiy. Shu bilan birga xo’jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitaliningdoiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o’zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farkdanadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyidiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag’larning aylanish tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, unumli iste’molda bo’lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, asosiy vositalar qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi.
Kapital o’zining aylanish xususiyatiga qarab ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.
Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib asta-sekinlik bilan o’tkazib boradi va ashyoviy buyum shaklini o’zgartirmaydi.
Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning xar bir so’miga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig’imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki mahsulotning bir so’mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to’g’ri kelishini tavsiflaydi.
Asosiy kapital xarakati aylanma kapital va muomala mablag’lari xarakati bilan uzviy bog’liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko’rsatib berish muxim ahamiyatga ega.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to’liq iste’mol qilinadi, o’zining qiymatini ishlab chiqarish natijada biriga to’liq o’tkazadi va ashyoviy buyum shaklini ham yo’qotadi.
Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning umumlashuvchi ko’rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning materiial sig’imi mahsulot yaratishad iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadga nisbati orqali aniqlanadi.
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi:
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr davomida faoliyat ko’rsatadi (masalan, stanok—10 yil, bino—50-100 yil), o’zining oldingi natural buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha aylanma kapital (masalan, paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli iste’mol qilinadi, o’zining buyum ashyoviy shaklini yo’qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati.
Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat yuritadi, ularning qiymati tovarlarga qisman o’tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil davomida foydalanilsa, bunda har yili mahsulot qiymatiga stanok qiymatining 1/10 va bino qiymatining 1/50 qismi kiradi. Xom-ashyo va materiallar yoqilg’i va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to’lig’icha unumli iste’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to’lig’icha o’tadi.