1- YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
2- YAlpi taklif tushunchasi. YAlpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
3- YAlpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat va uning o‘zgarishi.
Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo‘lmagani uchun uni bu erda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o‘rinlarda omillarga talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi).
Iste’mol tovarlari esa o‘z navbatida turlig‘tuman moddiy va ma’naviy tovarlaran hamda xizmatlardan tashkil topadi. SHuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, korporativ) omillarga, ya’ni investitsion tovarlarga va ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg‘uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, ya’ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizmada osonroq tushunish mumkin bo‘ladi
Yalpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi
Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog‘liq.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqliq
2. Yalpi talab egri chizig‘i.
CHizmadan ko‘rinadiki, yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
SHuningdek, yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. CHunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. SHuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
3-. Narx darajasi oshishining yalpi talabga ta’siri.
Bu erda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa, shu holatning teskarisi, ya’ni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi.
Boylik samarasi. U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.
Yalpi taklif– bu mamlakatda muayyan vaqtda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
YAlpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.
YAlpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin
Yalpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi.
Yapi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. SHu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi