Bunday korxonalar jozibasiz tarmoqlarda «xosil yig’ish» dan pul mablag’larini daromadli sohalarga yunaltiradilar.
Mablag’larni mustaxkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang.
Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv xujum taktikasini va ularni ximoya qilish uchun qat’iy ximoya taktikasini qo’llang.
Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin bo’lgan strategiyalardan qoching.
Korxonaga manevr imkoniyatlari qoldirmaydigan qattiq strategiya qo’llayotganda extiyot bo’ling, chunki tez o’zgaruvchan bozor sharoiti barcha xarakatlaringizni yo’qqa chiqarishi mumkin.
Raqiblar xarakatiga yetarli baho bermaslikka yo’l qo’ymang.
Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot bo’lmasa kuchli raqiblarga xujum qilmang.
Kuchli raqibdan ko’ra kuchsiz raqibga xujum qilish foydaliroq ekanligini biling.
Xarajatlar bo’yicha yetarli ustunlikka ega bo’lmay turib baholarni pasaytirmang.
Raqiblarning bozordagi o’rnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish poygasini boshlashga turtki bo’lishi mumkin.
Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan foydalanish va xizmat ko’rsatishda muximroq tafovutlar topishga xarakat qiling.