O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org
Mak Kinsey matritsasi. Ushbu matritsa xam, BKG matritsasi kabi, ikki ulchamlidir, biroq ushbu o’zgaruvchilar ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.
O’rta korxonalarning jalb qiluvchanligi quyidagi turt bosqichda baholanadi:
- menejerlar o’rta korxonalarning jalb qiluvchanlik mezonlarini aniqlashi orqali;
- aloxida omillarning nisbiy axamiyatlarini aniqlab;
- menejerlar ayrim tarmoqlarning jalb qiluvchanligini korporatsiya portfeliga qayd qilishi orqali;
- xar bir o’rta korxonalar uchun umumiy baholarni belgilash orqali.
Korxonaning raqobatchilik mavqei ham shunga uxshash tarzda baholanadi:
- strategik menejer kompaniya raqobatlashayotgan xar bir sohadagi muvaffaqiyat omillarini aniqlaydi;
- muvaffaqiyatning xar bir hal qiluvchi omiliga uning o’ziga tegishli bo’lgan va raqobatli pozitsiyadagi nisbiy axamiyatiga bog’liq bo’lgan mavqe belgilanadi;
- sungra muvaffaqiyat omilining tarmoq uchun nisbiy axamiyatiga mos xolda xar bir o’rta korxonalardagi raqobat kuchining darajasi aniqlanadi;
O’rta korxonalarlar BKG matritsasiga o’xshagan Mak Kinsey matritsasi yordamida taqqoslanadi.
Mak Kinsey matritsasi tuqqizta katakka bo’lingan. Ularning uchtasida o’rta korxonalar «g’olib» hisoblanadi yoki biznesning eng qulay sohasi sanaladi. Uchta katak esa yutqazuvchi hisoblanib, ular biznes uchun eng noqulay bo’ladi.
Bitta katak «so’roq belgisi» deb belgilangan (BKG matritsasidagi «yovvoyi mushuk» kabi). Bu biznesdagi mavxum, biroq istiqbolli holatdir. Ushbu o’rta korxonalar qo’llab-quvvatlansa, «g’oliblar»ga aylanadi, biroq ularning «yutqazuvchilarga» aylanib qolish xavfi xam bor. Katakchalardan biri «daromad ishlab chiqaruvchi» deb ataladi (BKG matritsasidagi «sog’in sigir» kabi).
Mak Kinsey matritsasi asosidagi tahlildan quyidagi strategik xulosalar kelib chiqadi:
- «yutqazuvchilar» tugatilishi yoki ularda xosil yig’ib olinishi lozim;
- «g’oliblar»ning va rivojlanayotgan «g’oliblar»ning pozitsiyalari mustahkamlanishi (shu jumladan, kerak bo’lsa moliyaviy investitsiyalar bilan xam) kerak;
- «daromad ishlab chiqaruvchilar»ning kuchli raqobatli pozitsiyalarini xisobga olgan xolda, ulardan daromadlarni «g’oliblarga» yoki tanlab olingan «so’roq belgilariga» qayta investitsiyalashda foydalanish lozim;
- «o’rta biznes»ni «g’oliblar»ga aylantirishga yoki agar kelgusida istiqbolli bo’lmasa, «xosilni yig’ib olish»ga urinib ko’rish kerak.
O’rta korxonalarning muvozanatlashgan portfelida asosan «g’oliblar» va rivojlanayotgan «g’oliblar», bir nechta «daromad ishlab chiqaruvchilar» va «g’oliblar»ga aylana oladigan, birozgina kichik «suroq belgilari» bo’lishi kerak.
Biroq, ko’pincha kompaniyalarning portfellari muvozanatlashmagan bo’ladi. Bunday muvozanatlashmaganlikning turli ko’rinishlari 8.1.-jadvalda ko’rsatilgan.
8.1-jadval
Kompaniyalar portfelini muvozanatlashmaganlik turlari
Mak Kinsey matritsasining katta afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir. Ushbu yondashuv turli tarmoqlarning raqobatli muvaffaqiyatning turli omillari bilan xarakterlanishini xisobga oladi. Ayni paytda unda BKG yondashuvlaridagiga qaraganda ko’proq strategik muxim o’zgaruvchilar xisobga olinadi. Ammo ushbu yondashuv xar tomonlama mukammal emas. Asosiy qiyinchiliklardan biri shuki, u bir qator muxim strategik yechimlarni beradi, biroq ularning qaysi biri afzal ekanligini ko’rsatib bermaydi. Demak, strategik menejer ushbu tahlilga sub’ektiv fikrlarni qo’shimcha qilishi kerak. Korxonaning bozordagi holatini aks ettirishning barqarorligi ham yana bir muammodir.