Haqqoniylik va ishonchliklik. Bu o’lchovlar menejment tizimining taraqqiyot qonuniyatini hisobga olishi kerak, o’z vaqtida olishi mumkin bo’lgan zaruriy va ishonchli axborotga asoslanishi kerak.
To’lalik va universallik. Menejment jarayoni ko’pincha ishlab chiqarishning aniq sharoitlariga, ya’ni: texnologik jarayonlarni murakkabligi, mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablar, ixtisoslashish. hamkorlik, kombinatsiyalashish darajasiga bog’liq. Shuning uchun har bir aniq menejment saviyasida o’lchovlar zaruriy miqdorda uning barcha bo’g’inlarini qamrab olishi, umumiylashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi, ularning o’zaro harakatini asosiy omillarini hisobga olish va ularga baho berish kerak.
Aniqlik. O’lchovlar baholanayotgan hodisaga aniq va to’g’ri kelishi shart, ularni erishish mumkin bo’lgan aniqligi maqbul chegaralarda turadi va to’g’riroq boshqaruv ta’sirini o’tkazishga imkon yaratmog’i lozim.
Oddiylik. Amaldagi maqsadlar uchun (ayniqsa, menejmentni avtomatlashgan tizimi yo’q joylarda) ko’proq o’z tuzilishining bir turdaligi, uncha murakkab bo’lmagan, bir xil ma’noda baholovchi va tushunarli bo’lgan o’lchovlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Sezgirlik. O’lchovlar o’zgarishlariga sezgir baholanuvchi omillarda bo’lib turadigan uncha katta bo’lmagan o’zgarishlarni anglash qobiliyatiga ham ega bo’lmoq kerak.
Son aniqligi.Menejment tizimining iqtisodiy tizimini son bilan ifodalash uchun o’lchovlarni ma’lum bir son bilan ifodalash imkoniga ega bo’lmoq kerak. Bu qabul qilingan qonun boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samarasini son miqdori bilan ifodalash demakdir.
Tezkorlik. O’lchovlarni aniqlash tezligi maqbul boshqaruv qarori berilgan davrda qabul qilishga ko’maklashuvi kerak.
Solishtirmoqlik va o’lchamlik. Xalq xo’jaligi ko’lamida barcha ishlab chiqarishni va uning alohida tarmoqlarini, birlashmalarini va korxonalarini menejment tizimining iqtisodiy samarasini aniqlashda uning alohida turlarini xalq xo’jaligi, barcha ishlab chiqarish, uning tarmoqlari birlashma va korxonalar ko’lamida taqqoslashni ko’zda tutadi. Shuning uchun ma’lum o’lchovlarni tanlashda ularni solishtirilishini va o’lchamliligini turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlatilishi hisobiga olish kerak.