Menejment marketing fanidan mustaqil ishi mavzu «Ishlab chiqari
4.Xulosa va takliflar Xodimlarni boshqarish samaradorlikni ta’minlash va adolatga erishish asosida tashkil etish lozim. Agar ularning ikkisidan biri mavjud bo‘lmasa, bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Xodimlarni boshqarish orqali tashkilotdagi har bir xodimning lavozimi, ijtimoiy kelib chiqishi va jinsidan qat’iy nazar tashkilot umumiy maqsadi yo‘lida birlashtirish orqaligina mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Natijada har bir xodimda nafaqat tashkilotning a’zosi sifatida balki inson sifatida ham o‘z hohishiga ko‘ra amalga oshirgan mehnati bilan o‘z ulushini qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu adolatli ishni tashkil qilish bilan samaradorlikka erishish mexanizmi sifatida tashkilotning barqarorligi ta’minlaydi. Tashkilotning barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lgan va unga bevosita ta’sir qiluvchi ichki jarayonlar esa hamisha ustuvorlik kasb etadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, xodimlarni boshqarish tizimini samaradorligini oshirish ishlarini amalga oshirish borasida quyidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi:
-xodimlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish va yuqori lavozimlarga ko‘tarishda ularning kasbiy malaka darajasi, ishga munosabati, ahloqiy sifatlari, faoliyat natijalariga har tomonlama va ob’ektiv baho berish zarur. Kasbiy faoliyatiga baho berishda ochiqlik va tenglik tamoyillariga asoslangan tanlovdan foydalangan ma’qul;
- barcha tashkilotlarda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi, ya’ni KPI (Key Performance Indicators, KPI) tizimini joriy qilish. Tizim tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashning motivatsion va samarali tizimini ko‘rsatkichlar orqali ko‘rish imkonini beradi;
- barcha tashkilotlarda axborotlashtirish, raqamlashtirish tizimini kuchaytirish. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda, barcha sohaga raqamlashtirish tizimi kirib borayotgan bir paytda tashkilotlarda zamonaviy innovatsion tizimni joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman olganda boshqaruvda kadrlarning to‘g‘ri tanlanilishi va joy- joyiga qo‘yilishi korxona va tashkilotlarning yutuqlari, mavqeini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda rahbar kadrlarga nisbatan kreativ yondashuvlar, tanqidiy tahliliy munosabat va maqbul shart - sharoitlar yaratish talabi qo‘yilmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotda xodimlarni boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan to‘g‘ri va samarali foydalanish pirovard natijada tashkilot iqtisodiy samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlarning barchasi yangilanayotgan O‘zbekistonda kadrlar sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni anglatadi.