Oripov A.A. – “Jahon va mintaqa iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-mail:
aaoripov@gmail.com
Telefon raqami:
+99890*******
Tashkilot:
Farg‘ona davlat universiteti “Jahon va mintaqa iqtisodiyoti” kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar ko‘chasi 19-uy
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
QM1
Ushbu kurs “Menejment.Marketing” fanining predmeti, obyekti va metodi, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv maqsadi va funksiyalari, boshqarishning tashkiliy strukturalari, boshqarish usullari, menejerning rahbarlik uslubi va boshqaruvdagi o‘rni, boshqaruv qarorlarni qabul qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, mehnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish, menejmentda motivlashtirish, boshqarishda axborot va kommunikatsiya, marketing nazariy asoslari, marketing tizimida axborot ta’minoti, marketing muhiti, bozorni va iste’molchilarni o‘rganish, marketing tizimida tovar siyosati, marketing tizimida narx siyosati, marketingda kommunikatsion siyosati kabi masalalarni qamrab olgan.
Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar
1.
talabalarga menejment va marketingning rivojlanishi va uning ilmiy maktablarini, qonunlari va tamoyillarini, menejment uslublarini, marketing tizimlarini, turlarini va konsepsiyalarini, boshqaruvning bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko‘p samaraga intilish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim natijalari (TN)
TN1
O‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy konsepsiyalari; menejmentning ilmiy maktablari; boshqaruv va menejment tushunchalari; korxonalar doirasida marketing tizimining mohiyati; marketing xizmatlarining ahamiyati; marketing muhiti tushunchalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
TN2
O‘zbekistonda boshqaruvning rivojlanishini; menejmentning xorijiy modellarini; boshqaruv mehnatining ta’rifi, xususiyatlari va turlarini; boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etishni; menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishni; mehnat jamoalarida xodimlarni boshqarishni; nizolarni hal etish yo‘llarini; tashkilotlarning asosiy tashkiliy-hukuqiy shakllarini; tashkilotlar rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalarini; marketing konsepsiyasidan samarali foydalanish usullarini; korxonada raqobat muhitini shakllantirishni;marketing sohasidagi meyoriy. hujjatlarni; bozorni segmentlash va xaridorlar turlarini aniqlashni; talab, taklif va bozor hajmini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
TN3
boshqaruv usullaridan foydalanish; menejment texnologiyasini tashkil etish; boshqaruv jarayoni va vazifalarini belgilash; boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalardan foydalanish; tashkilotlarning ichki va tashqi muhitini taxdil qilish; tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish; korxona salohiyatini boshqarish; zamonaviy marketing konsepsiyalarini tadbiq etish; bozor konyunkturasini tadqiq etish; tovar siyosatini samarali boshqarish; tovar raqobatbardoshligini oshirish; yangi tovarlarga narx belgilash; marketing kommunikatsiyasi elementlaridan foydalanish; reklama samaradorligini aniqlash, boshqaruv mehnatini ilmiy tashkrsh etish; menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish; mehnat jamoalarida xodimlarni boshqarish; nizolarni hal etish; talab, taklif va bozor hajmini aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
TN4
fan bo‘yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish konikmalariga ega bo‘ladi
TN5
Berilgan topshiriqlar bo‘yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.