Boshqaruv qarorlari Boshqaruv qarorlari-bu : 1. Hujjat (qaror, buyruq, tadbirlar rejasi va h.k. ),
2. Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni o'z ichiga oluvchi jarayondir.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish - tashkilotning ichki o’zgaruvchilari va tashkilot bilan tashqi muxit orasidagi o’zaro munosabatlarni muvofiklashtirishda muxim boglovchi jarayondir.
Qaror bu - umumiy maksadlar yunalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir. Qaror umumiy maksadlar yunalishida yechilishi zarur bulgan masalalarni xal qilish usullarini anik kursatadi va zaruriy resurslarni masalalar bilan boglaydi.
Boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy xayotdagiga qaraganda ko’prok tizimlashgan jarayondir. Raxbar fakat o’zi uchun emas, balki tashkilot uchun xam boshqa xodimlar uchun xam xarakat yunalishini tanlaydi. Tashkilotlarning boshqaruvini oliy saviyasi (pogonasi)dagi menejerlar ba’zida yuz million sum bilan bog’liq qarorlar qabul qiladilar. YAnada muximrogi-boshqaruv qarorlari ko’plab insonlarni xayotiga ta’sir kursatadi.
Boshqaruv qarori deganda nimani tushinish kerak?
Qaror - bu boshqaruv faoliyatini oxiri natijasidir. Agar boshqaruvda mexnat predmeti axborot bulsa, uning mexnat (natijasi) maxsuloti-boshqaruv qaroridir. Qaror ishlab chikish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatini asosiy shakliki, unda raxbar mexnatining mazmuni, uning jamoaga maksad sari yunaltirilgan xarakat jarayonidir.
Boshqaruv qarori ikki xolatda ishlatiladi:
birinchi xolatda -kimningdir yoki nimaning dur tomonidan urnatilgan boshqaruv xujjati, qabul qilingan xarakat rejasi, qaror qilish va boshqalar .
Boshqa xolatlarda - bu bir necha variantlardan bitta ma’qo’l variantli tanlash. Qaror pishib yetilgan muammo mavjud bulganda qabul qilinadi.
Muammo deb - xar kanday tizimni mavjud va zarur bulgan axvolini tavsiflovchi va ziyat qabul qilinadi.
chizma
Boshqaruv qarorining elementlari.
Boshqaruv qarori
Masala
vosita
javobgar lik
muxlatlar
Asoslangan qaror boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni xukm surishi va tarakkiyoti uchun zarur ob’ekti konuniyatlar bilimiga va anik vaziyatlar xususiyatlariga asoslanadi. SHuning uchun boshqaruv qarori ilmiy yondashuvini ijodiyot elementlari quyidagilar: maslaning O’zi, vositalar, masalaning yechimi uchun zarur bulgan javobgarlik (kim uni qabul qiladi), muxlatlar.
Xozirgi vaqtda xar xil masala buyicha ko’plab qarorlar qabul qilinadi, ammo ularning maxsuldorligi juda konikarsizdir. Masalani yirik Tashkilot menejerlari kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga quyish masalasida, turli bo’limlar orasidagi Uzaro munosabatlar masalasida qaror qabul qilishda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelmokdalar. Bu vaziyatlar soxasida bilimni, tarbiya ishiga oid tajribani yetishmasligi va katta darajada raxbar-tadbirkor shaxsi kobiliyatiga bog’liqdir.
Boshqarish qarorlarini asosiy tarkibiy kismlari quyidagilar xisoblanadi:
1. Maksadlar
2. Masalalar
3. Masalalarni yechish usullari (texnologiya)
4. Resurslarga nisbatan talablar
5. Qarorning ta’sir doirasi
6. Qarorni bajarilish muddatlari
7. Qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi)
YA’ni ushbu qarorda masala va muammolar ilgari qabul qilingan yoki kelajakda qabul qilinishi mumkin bulgan masalalar bilan kanday boglanganligi anik belgilanadi.
Boshqaruv qarorlar ma’lum xususiyatlarga ega bo’lishi zarur. Bunga quyidagilar kiradi.
1. Qarorning ilmiy asoslanganligi
2. Qarorlarni birligi
3. Qarorlarning adolatliligi - xakkoniyligi
4. Qarorlarning tugri yunaltirilganligi
5. Qarorlarning kiskaligi
6. Qarorlarning vaqt buyicha anikligi
7. Qarorlarning operativligi
YUkoridagilardan ma’lum buldiki, boshqarish qarorlarini qabul qilish xar kanday boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun zarur boglovchi jarayondir.
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo’linadi. Rejalashtirilgan qarorlar takrorlanuvchi, ilgaritdan anik vaziyatlarga tegishli bo’lib, ularni qabul qilishga muloxazali yondoshish imkoniyati mavjud rejalashtirilgan qarorlar asosan tashqi muxit ta’siri natijasida Tashkilotda shakllanuvchi favqo’lotdagi vaziyatlarni (muammolarni) xal qilish bilan bog’liq. Bu sharoitlarda muloxaza yoki maslaxatlashish asosida qaror qabul qilishga imkoniyat yo’q. SHuning uchun, bunday qarorlarni raxbarlarning O’zlari qabul qiladilar. Uning natijasi va samaradorligi raxbar (menejer)ning saviyasi, tajribasi va tadbirkorlik darajasini rivojlanganligiga bog’liq.
Boshqarish qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Xar kanday boshqaruv qarori jiddiy maksad yunalishiga ega bo’lishi, paydo bulayotgan muammolarni yechmogi kerak.
2. Boshqaruv qarori xukukga ega bolmogi kerak. U raxbar ega bulgan xukuk doirasida qabul qilinmogi darkor.
3. Boshqaruv qarori zamonaviy bulmogi kerak. Qabul qilingan vaqt muammoni tarakkiyot topish boskichiga tugri kelishi lozim, qaror qabul qilishda shoshma shosharlik va kechikib kolishga yul kuymaslik kerak.
4. Qaror qarama-karshi bulmasligi kerak, boshqa qarorlar bilan kelishilgan bo’lishi, shakli buyicha tushinarli, anik ifodalangan va ixcham bo’lishi kerak.
5. Tugri boshqaruv qarori vaziyatni barcha xususiyatlarini xisobga olgan va ilmiy yondashuv asosida tuzilgan bulmogi, ijtimoiy-iktisodiy konunlarni ta’sirini xisobga olgan xolda va ishlab chikarish axvolini taxlili asosida qabul qilinishi kerak.
6. Qaror tejamli bo’lishi ya’ni maksadga erishishni eng kam xarajatlar evaziga ta’minlashi kerak.
7. Qaror amalga real oshuvchi bulmogi kerak. Uni qabul qila turib, barcha ob’ektiv va shaxsiy cheklanishlarni boshqariluvchi tizimni anik imkoniyatlarini, mavjud resurslarni va ularni ishlatilishini real sharoitlarini xisobga olish kerak.
Ushbu aytib utilganlarni umumlashtirib boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga mos keladi deb aytish mumkin.
U qaror samarali bo’lish kerak, bu yerda samara deganda quyilgan maksadga erishishni tushinmok zarur.
Boshqaruv amaliyotida qarorlar bir necha ishlab chikarish, xujalik iktisodiy, ijtimoiy, faoliyat masalalari buyicha qabul qilinadi va ular O’zlarini ifodalanish shakli, vaqti buyicha qabul qilinishi uslubi bilan bir biridan fark qiladilar. SHu munosabat bilan ular mos ravishda turkumlanishni talab qiladi.
1. Ta’sir kursatish davri bilan - strategik va taktik turlarga bo’linadi. Strategik qarorlar oliy muammolarni xal etishda maksadli dasturlarni ishlab chikishda ishlatiladi. Ular uzok vaqtga odatda bir necha yilga xisoblanadi va strategik masalalarni xal etilishida ishlatiladi, shuning uchun uni istikbol rejasi deb ataydilar. Bu kabi qarorlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: ozik-ovkat dasturini tayyorlash, xususiylashtirishni tarakkiyot topshirish dasturi, ishchan biznesni tarakkiyot ettirish dasturi va boshqalar.
Xulosa Ko’plab xizmat kursatish nazariyasi yordamida ishlab chikarish ichida mexnat unumdor ligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish xizmat kursatish jarayonini yaxshi Tashkil qilish xisobiga izlab topish mumkin.
3. Tizimli taxlil- raxbarga qaror qabul qilish jarayonida eng samarali yordam kursatish vositasi xisoblanadi. Umumiy kurinishda tizimli taxlilni boshqaruv soxasidagi yirik muammolar majmuasini yechish uslubiyati deb tavsiflash mumkin.
4. Tarmokli rejalashtirish va boshqarish ishlab chikarishni boshqarishda samarali ilmiy usuldir tarmokli rejalashtirish va boshqarish tarmokli modelini kurishga asoslangan. Ularni jarayonni barcha ishlarni bajarish vaqti buyicha anik boglashga xar kanday vaqtda topshirikni bajarishga ta’sir etuvchi muximrok ishlarini izlab topishga, amaldagi mexnat, material resurslarini tugri taksimlashga va jarayonni yaxshi borishi imkon beradi.
5. Evristik usullar-qaror qabul qilishni bu usuliga kiruvchi axborot yetarli darajada tula va anik emasligi xamda noma’lum extimolli natija tula va anik bulgan extimolli vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Algoritmik usullar- bu qaror qabul qilish usuli yetarli xajmdagi axborotlar bulmaganda ish natijalarini avvaldan tuzilgan algoritm asosida ma’lum bulgan xollarda ishlatiladi.
Qarorlarni samaradorligini oshirish va boshqarishini ta’minlash uchun qabul qilishdagi tavakkalchilik shart-sharoitlarini mukammal taxlil qilmoklik zarurdir. Qaror qabul qilishdagi tavakkalchilik deb notugri qarorni xakliligi tushuniladi. Kelajak noaniklik bilan belgilanganligi tufayli barcha qarorlar tavakkalchilik bilan boglangandir.
Xatolarning turi buyicha tavakkalchilik rentabellilikda, daromadda xarajatlarda, aylanmada yoki tez sotilishda bo’lishi mumkin.
Tavakkalchilikda izlanishlar zarar va uning xajmini bir biri bilan takkoslash asosida amalga oshiriladi. Tavakkalchilik taxlili uni anglashdan iborat.
Tashkilotlarning murakkabligi, kelajakka nazarsolishning zaruriyligi qarorlar qabul qilishda menejerlardan ilmiy boshqarish usullarini bilishlikni, iktisodiy-matematik modellardan foydalanishlarini takozo etadi.
Ilmiy boshqarish usuli raxbarlardan qaror qabul qilish va umuman boshqarish jarayoniga ijodiy yondoshishni talab etadi. Boshqarishga ijodiy yondoshish boshqarish nazariyasining asosiy tushinchalari va usullaridan samarali foydalanish imkonini beradi.