Menejment va marketing


Tashkiliy tuzilmalar turlari



Yüklə 170,78 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü170,78 Kb.
#163792
1   2   3   4   5   6   7   8
joyla

Tashkiliy tuzilmalar turlari.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil boғliqlikka ega va qonuniyatlarga bo`ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi.
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`ғinlari yuqori bosqichdagi raҳbarga bevosita bo`ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada ҳar bir xodim bitta raҳbarga bo`ysunadi va yuq ori tizim bilan faqat u orqali boғlangan bo`ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Ґar bir raҳbar butun meҳnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi. CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu masalalar echilishi oson bo`lgan xollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof ҳolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik korxonalarda qo`llaniladi. Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`ғinlar koordinatsiyasi puxta bo`lmaydi. Raҳbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysnuvchi barcha bo`ғinlar faoliyatining ҳamma tomonini qamrab olishi lozim.
Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`ғinlar va raҳbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan boғliq ҳolda vujudga kelgan. Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`ғinlar soni ortishi bilan ҳar bir bo`ғin mustaqil ravishda ҳal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning moҳiyati ҳar bir bo`ғin o`z masalasini birinchi navbatda ҳal qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta ҳam bo`ғin bu masalani etarli darajada asoslangan ҳolda va to`ғri ҳal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq bo`lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo`ғinga ega ҳar bir bo`ғinida ayrim muҳim muammolar bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma raҳbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar miqdori ko`p bo`lsa. Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma raҳbari vazifalari ҳam ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir. CHiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo`limi tsex boshliғiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni yaxshilash bo`yicha va x.k.
CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiҳa bo`yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar. Loyiҳa bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi bilan boғliq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiҳa bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot ҳisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi.
Matritsali struktura chiziqli va loyiҳa bo`yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi, loyiҳa bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo`yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish maҳsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur raҳbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga qo`yilgan masalalar maqsadli ҳal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning ҳar-xil darajalari va ҳar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish,xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.

Yüklə 170,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin