Menejment va marketing



Yüklə 465,01 Kb.
səhifə5/13
tarix19.02.2023
ölçüsü465,01 Kb.
#84995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Auditorlik nazorati amalga oshirish mexanizmi

Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning rivojlanish bosqichlari.

So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit sohasi moliyaviy bozorning muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, ushbu hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarining o’zgarishi, xususan kelgusida global dolzarb vazifalarni echish doirasida integratsiya jarayonlarining faollashuvi, auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq modernizatsiyalashgan mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy birlashmalarni shakllantirishga intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning intellektual omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish va boshqalar sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik tizimining teng huquqli a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining rivojlanishiga xalqaro tajriba yanada kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi. O’zbekistonning mustaqillikka erishganidan so’ng jahon iqtisodiy hamjamiyatining integratsiyalashuviga, xalqaro tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishga intilishi, mamlakatdan milliy audit tizimining jahon tajribasida qabul qilingan uslubiy tamoyillar bilan yaxlitligini, davlat biznes tuzilmalari moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining xorijiy mamlakatlarda qo’llaniladigan o’xshash ko’rsatkichlar bilan mosliligini ta’minlashni talab qiladi.
Axborot resurlarning ishonchliligini ta’minlash va ulardagi mavjud bo’lgan risklarini bo’zib ko’rsatilishi – bu manfaatli axborot-ma’lumotlarini yuqori darajada aniqlikda olishda foydalanuvchilarga doimiy duch keladigan asosiy muammolardir. Aynan shu holat, jamiyatning tegishli tayyorgarlikka, malakaga, tajribaga ega bo’lgan mustaqil ekspertlar xizmatlariga ehtiyoj shakllanishiga olib keldi. Respublikada bunday muammolarni echish maqsadida, hozrgi kunda bozor iqtisodiyotining ajralmas elementi sifatida bo’lgan mustaqil auditorlik tashkilotlari tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (1.5-rasmga qarang). Bunga muvofiq auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi va undan so’ng “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi.
Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo’lgan huquqiy – meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi.
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent R.D. Do’smuratovning ta’kidlashicha, respublikamizda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solishning rivojlanishi quyidagi uch bosqichga ega(1.1-jadval)2:
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan hamda auditorlik faoliyatini yuritishdagi tartiblarning keskin o’zgarishi va rivojlanishiga turtki bo’lgan me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligiga qarab tadqiqot natijasida biz auditorlik faoliyati rivojlanishining quyidagi uch bosqichini belgilashga muvaffaq bo’ldik.
1-jadval

Yüklə 465,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin