Menejment va marketing


-rasm. Innovatsion tadbirkorlikning namunaviy sxemasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

1-rasm. Innovatsion tadbirkorlikning namunaviy sxemasi.
3
 
Ilmiy-texnik mahsulot (tovar, xizmat)lar ishlab chiqarish uchun korxonaga
shuningdek, inshoot ko’rinishida asosiy vositalar, bino, maxsus asbob-uskuna, 
3
 
www.jizzax.uz
 sayti


20 
asbob va boshqalar zarur. Tashkilot ularni sotib olishi yoki asosiy vosita egalaridan 
ma’lum vaqtga ijaraga olishi mumkin. Innovatsion faoliyatga zarur bo’lgan 
narsalar uchun mulkdorlarga pul miqdorini to’lashi lozim, pul miqdori asosiy 
vositalarning turi, soni va bahosiga bog’liq. Asosiy vositalarning ijarasida to’lov 
uning ishlatilish muddatiga bog’liq bo’ladi. 
Innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tashkilot ma’lum pul 
resurslarini (DB) sarflagan holda, shuningdek, ilmiy-texnik kadrlarni, ishlab 
chiqarish xodimi, ya’ni ishchi kuchini (RS-I) jalb qilishi zarur. 
Agar korxona o’zining pul mablag’lariga ega bo’lmasa yoki innovatsion 
faoliyatni amalga oshirish uchun ular etarli miqdorda bo’lmasa, bunda mablag’ 
keyingi to’lov va foizli kredit (Dk) asosida korxona tomonidan kommertsiya 
banklaridan olinishi mumkin. 
Bundan tashqari, pulli asosda o’z vaqtida zarur axborot (Di) olmay turib 
innovatsion tadbirkorlik bo’lishi mumkin emas. 
Korxona innovatsion faoliyatni tatbiq qilishda zarur bo’lgan ayrim ish va 
xizmatlarni bajarish uchun buyurtmalarni pulli asosda talabgor tashkilotlarda 
joylashtirishi mumkin (Du). 
Innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish uchun zarur pul mablag’lariga 
ehtiyoj mos ravishda quyidagi formula orqali baholanadi: 
 
D= Dm+Do+Dr+Di+Dk+Du 
Bunda: 
Dm
– materiallar, xomashyo, energiya, yarim tayyor mahsulotlar sotib 
olish uchun zaruriy pul mablag’lari; 
Do 

asosiy fond,
mehnat vositalari,
binolardan foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar; 
Dr 

yollangan ishchilarga ish haqi uchun zarur pul mablag’lari;
Di 

qo’shimcha axborot olish uchun zarur pul mablag’lari; 
Dk 

kredit mablag’lardan foydalanilganlik uchun to’lanadigan pul
mablag’lari; 


21 
Du 

tarafdor tashkilot va shaxslarning xizmatlari to’lovi. 
Innovatsion tadbirkorlikning natijasi sifatida tayyor tovar (mahsulot) yuzaga 
keladi. Uni korxona, innovatsion mahsulot iste’molchisi korxona va innovatsion 
faoliyatni amalga oshirishdagi sarf-xarajatlar va daromadini o’z ichiga olgan 
narxda (D+P) sotadi. 
Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlik xo’jalik yuritishning alohida 
ijodkorlik jarayoni bo’lib, uning asosida yangi imkoniyatlarni muntazam izlash, 
innovatsiyaga yo’naltirilganlik, turli-tuman manbalardan doimiy masalalarni hal 
etish uchun resurslar izlashni uddalash va ulardan foydalanish demakdir. U 
tadbirkorning mavjud loyihani yaxshilash yoki yangisini tatbiq etish bilan bog’liq 
barcha tavakkalchilikni o’z zimmasiga ko’ngilli ravishda olishga tayyorligi, 
moddiy daromad olib keladigan jarayon uchun moliyaviy, ma’naviy va ijtimoiy 
javobgarlikni o’ziga olishi va bundan o’zi ham qoniqish hosil qilishi bilan 
tavsiflanadi. Innovatsion tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyati barcha jabhalarining 
asosidir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin