4-rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari 8
. Qolaversa, «xo„jalik tavakkalchili»gi tushunchasi o„z tarkibiga bevosita
tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilikni hamda keyingi 2 turdagi
tavakkalchilikni iqtisodiy oqibatlarini biriktiradi.
Ayni paytda jamiyatning iqtisodiy hayoti inson tabiati va tabiiy omillar
bilan bog„liq tavakkalchilikka aks ta‟sir ko„rsatadi va ularning mazmunini
o„zgartiradi. Bu o„zaro bog„liqlikda bir qancha ta‟sir etuvchi omillar
shakllanadi, masalan «inson tabiati bilan bog„liq tavakkalchilikda quyidagi
elementlarini (masalan: kasallik, baxtsiz hodisa, o„lim, qobiliyat, xayrixohlik va
boshqalar), «iqtisodiy» elementlarini (masalan: ish kuchini qo„nimsizligi,
kamomad, o„zlashtirish, ishchilarni malaka darajasi, iqtisodiy manfaatdorlik)
kabilar.
Qayd etib o‟tilgan tavakkalchilik turlaridan xo„jalik tavakkalchiligi uchun
ancha muhimi bu tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilik bo„ladi, tabiyki u
ishlab chiqarishi kimiyoviy, biologik va boshqa tabiiy jarayonlar bilan bog„liq.
Xo„jalik tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni
rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik
daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog„liq, uning
8
Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
Tavakkalchilik turlari
Xo‟jalik
tavakkalchiligi Insonning o‟zini tabiati
bilan bog„liq tavakkalchilik
Tabiiy omillar bilan
bog„liq tavakkalchilik
26
tahlili nafaqat ta‟kidlangan kategoriyalarni tadqiq etish uchun balki mustaqil
kategoriya sifatida ham zarur.