2. Agregat shaklidagi indekslar umumiy indekslarning asosiy shaklidir Agregat indekslar turli xildagi elementlardan tuzilgan murakkab hodisalarning o‘rganilayotgan davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarishini ta’riflaydi. Bu indekslar har qanday umumiy indekslarning asosiy shaklidir. CHunki har qanday indekslarda bir xil o‘lchov birligiga keltirish maqsadida indekslanayotgan ko‘rsatkich vaznga ko‘paytiriladi. Bu esa har qanday holda indekslarni agregat ko‘rinishiga olib keladi.
Statistika amaliyotida asosan quyidagi ko‘rinishdagi agregat indekslar qo‘llaniladi:
Narx umumiy indeksi:
Fizik hajm (miqdor) umumiy indeksi:
Tannarx umumiy indeksi:
Vaqt sarfi umumiy indeksi:
Mehnat unumdorligi umumiy indeksi:
Harajat umumiy indeksi:
Tovar oborot (qiymat) umumiy indeksi:
Bu erda: Jp - narx umumiy indeksi;
Jq - fizik hajm (miqdor) umumiy indeksi;
Jt - vaqt sarfi umumiy indeksi;
Jv - mehnat unumdorligi indeksi;
Jqc - harajat umumiy indeksi;
Jpq - tovar oborot (qiymat) umumiy indeksi;
Σq1P1- Hisobot davridagi mahsulot qiymati;
Σq1P0- o‘tgan davr narxlaridagi maxsulot qiymati indeksi;
Σq0P0- o‘tgan davrdagi maxsulot qiymati;
ΣS1q1- joriy (hisobot) davridagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan harajati;
ΣS0q1- - bazis davrining tannarxidagi joriy davr mahsulotini ishlab chiqarish uchun qilingan harajati;
ΣS0q0- bazis davridagi harajat;
Σt0q1- bazis davridagi sarf bilan hisoblanilgan joriy davr mahsulotini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqti;
Σt1q1- joriy davr mahsulotini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqti. Oddiy (individual) va agregati shaklidagi umumiy indekslarning hisoblanish tartibi bilan quyidagi misol (sharti) da tanishib chiqaylik.
SHahar bozorlaridan birida sotilgan mahsulotlarning ayrimlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ma’lum: 9.2.1-jadval